Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə1/45
tarix23.12.2022
ölçüsü1,93 Mb.
#121722
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
аудит мустакил иш (4)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” FAKULTETI
“BYUDJET XISOBI VA FAZNACHILIK ISHI” KAFEDRASI
“BANKLARDA BUXGALTERIYA XISOBI” FANIDAN

MUSTAQIL ISHI


Topshirdi: Sultonova K.
Qabul qildi: Abdurazaqov A.


Тошкент-2022 й


Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi



Reja:


  1. Qadimgi zamondagi kitob yozuvchilar.



  1. Foydani maksimallashtirish va ikkiyoqlama yozuv.



  1. Audit hisoboti uchun iqtisodiy sharoit

Audit xristian davridan oldin yuzaga kelgan. Antropologlar auditorlik faoliyati to’g’risida yozuvlarni qadimgi Bobil davrida (e.o. 3000 yillar) paydo bo’lganini aniqlashgan. Shuningdek‚ odamlar auditorlik faoliyati bilan Qadimgi Xitoyda ham shug’ullanganlari aniqlangan. Auditor so’zining lotin tilidagi ma‘nosi ―o’quvchi yoki ―tinglovchi degan ma‘nolar bilan bog’langan. Chunki Qadimgi Rimda auditorlar soliq to’lovchilarni tinglashgan, masalan, soliq to’lovchi bo’lib hisoblangan dehqonlar o’zlarining daromadi va soliq qarzlari to’g’risida gapirib berishi lozim bo’lgan.


Qadimgi zamondagi kitob yozuvchilar


Auditorlar qadimgi Xitoy va Misr davlatida ham o’z faoliyatlarini amalga oshirishgan. Ular Xitoy imperatori va Misr fir‘avinlarining hisob- kitoblarini olib borishgan. Xitoydagi Chjao sulolasi hukumatining hisobkitoblari murakkab byudjet jarayoni bo’lib, barcha hukumat tashkilotlari auditini qamrab olgan. Misr fir‘avinlari hukmdorligi eng rivojlangan davrida (eramizdan oldingi 3000 yillar) auditor kasbi eng hurmatli bo’lib, auditorlar obro’li kishilar hisoblangan.
Misr fir‘avinlari o’z auditorlari bilan jiddiy munosabatda bo’lgan.
Fir‘avinlarning har bir omborxonasi ikkita auditorlar tomonidan tekshirilib borilgan. Birinchisi tovar kirib kelganda uni hisobi bilan shug’ullangan, ikkinchisi uning saqlanishi uchun javobgar bo’lgan. Nazoratchi har ikki yozuvni tekshirgan. Agar ularning o’rtasida farq yuzaga kelsa‚ auditorlar qatl qilingan.
Foyda olish, yoki maksimal foyda olish uchun qaror qabul qilishda buxgalteriyadan yordamchi mexanizm sifatida foydalanganlik to’g’risida Mesopotamiya, Misr, Grek yoki Rim madaniyatlarida hech qanday ma‘lumot mavjud emas.
Ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatlarda audit to’g’risidagi dastlabki ma‘lumot 1130-yilga borib taqaladi. O’sha paytda rivojlangan iqtisodiy tizimdagi xo’jalik voqealiklarni qayd qilish bitimlari bir martali yozuv bilan cheklangan edi. Ularning asosiy maqsadi savdo dalillarini yozma qayd etib, xotirada saqlashdan iborat bo’lgan. Foyda keltirish mazkur madaniyat tizimida o’z o’rniga ega bo’lmagan. Farovon hayot ishbilarmonlik vazifasiga kirmagan. Bu faqat diniy, axloqiy tamoyillar va qoidalarga muvofiq hukumatga bildirilgan moyillik uchun ko’rsatilgan mukofot bo’lgan.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin