Buxgalteriya hisobi va audit


Foydani maksimallashtirish va ikkiyoqlama yozuv



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə2/45
tarix23.12.2022
ölçüsü1,93 Mb.
#121722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
аудит мустакил иш (4)

Foydani maksimallashtirish va ikkiyoqlama yozuv


Foydani maksimallashtirish o’rta asrning o’rtalarida Italiyada yirik savdo uylari paydo bo’lgan vaqtda yuzaga kelgan. Savdo shu vaqtdan boshlab faqat sayyoh savdogarlarga tegishli bo’lmay, balki Venetsiya, Florensiya va Pizadagi yirik savdo uylari ham bu ish bilan faol shug’ullana boshlashgan. Natijada savdo aloqalari juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Birinchi marta ikkiyoqlama yozuv 20-noyabr 1494-yilda Italiyada Luka Pacholi tomonidan amalga oshirildi.
Hozirgi zamon auditining boshlanishi sanoat revolyutsiyasi davriga borib taqaladi. 1853-yilda Edinburgda Buxgalterlar jamiyatiga asos solindi. Buyuk Britaniyada bir nechta audit institutlari paydo bo’ldi. Ularning birlashishi natijasida 1880-yilda Angliya va Uels diplomli buxgalterlar Instituti yuzaga keldi. Mazkur institut o’n to’qqizinchi asrda G’arb mamlakatlarida yuzaga kelgan institutlarning dastlabkisi bo’lgan, masalan, ular 1886-yilda AQShda‚ 1895-yilda Niderlandiyada audit institutlari yuzaga kelgan. Kapitalni taqdim etish va uni boshqarish, shuningdek‚ bir necha moliyaviy mojoralar (masalan, Glazgo shahridagi bank bilan bog’liq 1883-yildagi yoki Afrikaanshe Handels-Vereeniging bilan bog’liq mojoralar) auditni tartiblashtirish ishlarini shakllantirishga olib keldi. Britaniya kompaniyalarining qonunlari (1845-1862 y.) Amerika auditi uchun asos bo’lgan. Birinchi Amerika auditi 1917-yilda qonunchilik asosida amalga oshirilgan edi.

Audit hisoboti uchun iqtisodiy sharoit


O’sha vaqtlari aksariyat kompaniyalar texnologiyalarning rivojlanishi, kommunikatsiya va transportning yaxshilanishi, shuningdek‚ jahon bozorining kengayishi ularning faoliyatiga ta‘sir qilayotganligini seza boshlashdi. Natijada korxona boshqaruvi, pul mablag’lariga bo’lgan talab oshib bordi. Sanoat uchun jamiyat mablag’larini kengroq jalb etish masalasi yuzaga keldi. Buning natijasida qimmatli qog’ozlar bozori, kredit tashkilotlarining ishlari murakkablashdi‚ chunki ular yirik milliy va xalqaro korporatsiyalarga xizmat ko’rsatar edi. Investorlarning korporatsiyalarga yo’naltirilgan mablag’lar oqimi va qimmatli qog’ozlar bozorlari orqali moliyaviy resurslarning taqsimlanishi kompaniya rahbariyati tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy hisobotga bog’lanib qoldi. Mazkur kompaniyalarning asosiy belgilari shundan iboratki, ularning mulkka bo’lgan egalik huquqi korporatsiya boshqaruvidan to’liq ajratilgan. Kompaniya boshqaruvi buxgalteriya hisobi tizimi ustidan nazorat olib boradi. Boshqaruv nafaqat moliyaviy hisobot uchun javobgar, balki beriladigan ma‘lumot yo’nalishini belgilab berish huquqiga ham ega.
Investorlar va kreditorlar boshqaruvga qaraganda boshqa maqsadlarga ega bo’lishi mumkin (masalan, boshqaruv kattaroq maosh olishni va imtiyozlarga ega bo’lishni xohlasa, investorlar yuqori foyda va dividend olishni maqsad qilib qo’yishadi). Investor va kreditorlar xolisona moliyaviy hisobot natijalari bilan ish olib borishi lozim. Auditor ularning moliyaviy hisobotlarini to’g’ri tuzilganligiga ishonch hosil qilish uchun ularga ekspert xulosasini taqdim etadi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin