Buxgalteriya hisobi va audit


Rahbariyat jarayonlar va aloqalarni nazorat qiladi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə8/45
tarix23.12.2022
ölçüsü1,93 Mb.
#121722
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
аудит мустакил иш (4)

Rahbariyat jarayonlar va aloqalarni nazorat qiladi


Rahbariyat auditorlar tekshiradigan korxonalarning buxgalteriya tizimini nazorat qiladi. Rahbariyat nafaqat investorlarga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlar uchun mas‘uldir, balki ushbu hisobotlarga kiradigan ma‘lumotlarning xususiyatlarini aniq bo’lishiga ham vakolatlidir. Shu bilan birga, rahbariyatdan bu jarayonga xolisona qarashini kutish ham qiyin masaladir.

Manfaatdor tomonlar bilan aloqa. Moliyaviy hisobotlar


Moliyaviy hisobot bu korxona faoliyatini bugungi darajasini belgilab beruvchi hisobot turi bo’lib, u nafaqat rahbariyatga balki undan foydalanuvchilarga ham u tuzilgan davri bo’yicha yetarli, aniq, ishonchli, o’rinli hamda kerakli ma‘lumotlarni bera olishi lozim. Shu bilan birga moliyaviy hisobotlar rahbariyatning o’z majburiyatlaridan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish samaradorligini o’lchaydi. Ular korxonada mavjud ishchi va xodimlarning ish haqi, aksiyadorlarning aksiyalarini qiymatiga va hatto ular kompaniya bilan ishlashda davom etishlariga muhim ta‘sir ko’rsatadi. Ushbu moliyaviy hisobotlarga investorlar va kreditorlar ishonchini oshirish uchun, ular hisobotlarning haqqoniyliligi boyicha mustaqil va ekspert xulosalari bilan ta‘minlanishi lozim. Bunday fikrlarni esa malakali auditorlar bera oladi. Bundan ko’rinib turibdiki, auditor tomonidan tasdiqlanayotgan fikr qanchalik asosli va aniq dalillar bilan ta`minlangan bo’lsa, undan foydalanuvchilar uchun u shunchalik ishonchli bo’ladi. Buning uchun auditordan yuqori malaka hamda kompetentlik talab qilinadi.

Auditorlik xizmatlariga talab va takliflar haqidagi nazariyalar


Auditorlik xizmatlariga bo’lgan talab bir necha xil nazariyalar bilan izohlanishi mumkin. Ruhlantirilgan ishonch va Agentlik munosabatlari nazariyasi kabi ba‘zi nazariyalar yaxshi o’rganilib, keng ommaga e‘lon qilingan. Politsiyachi nazariyasi va Kreditlashning ishonchliligi nazariyasi kabi jamoatchilik fikrlariga asoslangan boshqa nazariyalar, tadqiq qilinadigan konsepsiyadan ko’ra yo’nalish beruvchi nazariyalar sifatida xizmat qiladi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin