Buxgalteriya hisobi va audit


Agentlik munosabatlari nazariyasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə10/45
tarix23.12.2022
ölçüsü1,93 Mb.
#121722
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
аудит мустакил иш (4)

Agentlik munosabatlari nazariyasi


Uott Vassimmerman tomonidan taklif etilgan agentlik munosabatlari nazariyasida - nufuzli auditor (Hurmatga ega bo’lgan auditorlar) - kutilgan natijalarga olib keladigan auditor - nafaqat uchinchi tomon manfaatlari, balki rahbariyat manfaatlari uchun ham tayinlanadi.
Kompaniya bir nechta firma ma‘lum bir ―narxˮ bilan kompaniya uchun o’z hissasini qo’shadigan kam sonli ―shartnomalarˮ natijasi sifatida qaraladi. Kompaniyaning rahbariyati ushbu hissalarni boshqarish uchun optimal sharoitlarda quyidagilarni olishni istaydi: bankirlardan past foiz stavkalari, aksiyadorlar uchun yuqori baho narxlari, xodimlarga kam ish haqi. Ushbu munosabatlarda rahbariyat banklar, aksiyadorlar va xodimlar kabi tashqi manfaatdorlardan yordam olish uchun "agent" sifatida qaraladi. Agentlik xarajatlari – monitoring xarajatlari (agentni monitoring qilish xarajatlari), majburiy xarajatlar (agentlar rahbarlarga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar qilmasligi uchun agent qiladigan xarajatlar) va qoldiq zararlar (aloqa va monitoring uchun qilingan xarajatlarga qaramay natijalarga olib keladigan samarali zararlar).
Har bir nazariya o’z davrida to’liq bir ma‘noga ega bo’lgan bo’lib, yillar o’tishi, iqtisodiyotning jadal sur‘atlarda rivojlana borishi bilan ular ham taraqqiy etib boradi.

Rahbariyat ko’proq biladi – Axborot assimetriyasi


Axborot assimetriya kabi agent-manfaatdor tomon munosabatlarida bir nechta murakkabliklar paydo bo’ladi. Agent (rahbariyat) kompaniyaga oid ma‘lumotlarda manfaatdor tomonlarga nisbatan katta ustunlikka ega. Asosan, rahbariyat kompaniyaning qarzlarni to’lash qobiliyatini bankirga qaraganda ko’proq biladi va aksiyadorlarga nisbatan kompaniya haqiqiy daromadi qanday ekanligini yoki oshirib ko’rsatishlar mavjud yoki yo’qligini biladi. Bundan tashqari, xodimlarga qaraganda kelgusi yil kompaniyadagi moliyaviy ahvol shunday bo’ladiki, ya‘ni xodimlarning har biri ish bilan band bo’ladimi-yo’qmi rahbariyat buni yaxshiroq biladi. Shunga qaramasdan, manfaatdor tomonlar rahbariyat tomonidan yaxshi o’rganilib chiqilishi kerak, chunki oxir-oqibatda rahbariyat tomonidan boshqariladigan biznesning moliyaviy tuzilmalari manfaatdor tomonlarga bog’liq. Rahbariyat tomonidan berilgan ma‘lumotlarga ishonish uchun tashqi manfaatdorlar (kompaniyaning aksiyalarni sotib oluvchilar, kompaniyaga kredit beruvchilar yoki kompaniya bilan ishlovchilar) ular adolatli ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu degani, rahbariyat va tashqi investorlar uchun nufuzli auditorlarni jalb qilish uchun rag’bat mavjud.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin