Buxgalteriya hisobi va audit


Moddalari Moddalari mazmuni



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə21/45
tarix23.12.2022
ölçüsü1,93 Mb.
#121722
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
аудит мустакил иш (4)

Moddalari

Moddalari mazmuni

1-modda

Auditorlik faoliyati to‗g‗risidagi qonun hujjatlari

2-modda

Auditorlik faoliyati

21-modda

Auditorlik faoliyatining asosiy prinsiplari

22-modda

Auditorlik faoliyati standartlari




3-modda

Auditor




31-modda

Auditorning malaka sertifikati




4-modda

Auditorning yordamchisi




5-modda

Auditorlik tashkiloti




6-modda

Auditorlik tashkilotining huquqlari




7-modda

Auditorlik tashkilotining majburiyatlari




8-modda

Auditorlik tashkilotining javobgarligi




9-modda

Auditorlik tekshiruvi




10-modda

Majburiy auditorlik tekshiruvi




11-modda

Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi




12-modda

Xo’jalik yurituvchi subyektning auditorlik
otkazilayotgandagi huquq va majburiyatlari

tekshiruvi

13-modda

Auditor tekshiruvining buyurtmachisi




14-modda

Auditorlik faoliyatiga aralashishga yo‗l qo’ymaslik




15-modda

Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish
tashabbusiga ko’ra auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish

organlarining

16-modda

Auditorlik tekshiruvi o’tkazishdagi cheklovlar




17-modda

Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari




18-modda

Auditorlik hisoboti




19-modda

Auditorlik xulosasi




20-modda

Qasddan soxta tuzilgan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi

21-modda

Auditorlik faoliyatini litsenziyalash

22-modda

Litsenziyaning amal qilishini to‗xtatib turish

23-modda

Litsenziyaning amal qilishini tugatish

24-modda

Litsenziyani bekor qilish

25-modda

Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish

26-modda

Auditor malaka sertifikatini bekor qilish

27-modda

Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi

28-modda

Hizolarni hal etish

29-modda

Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Yuqoridagi jadvaldan kelib chiqib aytish mumkinki, mazkur qonunda jami 32ta moddaga tavsif berilgan.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” FAKULTETI
“AUDIT” KAFEDRASI
“AUDIT” FANIDAN

NAZORAT ISHI


Topshirdi: Yakubova X.
Qabul qildi: Ovlayev S.


Тошкент-2022 й

Auditorlik tashkilotlari va ularga qo’yilgan talablar



Reja:


  1. Auditorlik tashkilotlari to’g’risida.

  2. Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanishga amaldagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan o’rnatilgan yuqori talablar.

  3. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartibi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1- yanvargacha amalda faoliyat ko’rsatayotgan auditorlik tashkilotlari va auditorlar soni haqidagi ochiq va shaffof bolgan ma‘lumotlar veb sahifada yangilangan holda berib borilmoqda.


3-jadval O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko„rsatayotgan auditorlik tashkilotlari va auditorlar soni (2018-yil 1-yanvar holatiga)4



Barcha (3) turdagi litsenziyaga ega bo’lgan jami auditorlik tashkilotlari
soni

Jami auditorlar soni

Izoh

1

102 ta

649 ta


Odatda auditorlik tashkilotlari ikkita farqlanuvchi guruh toifasiga bulinadi:
1. Transmilliy auditorlik tashkilotlar (katta tortlik

firmalari);


2. Mahalliy auditorlik tashkilotlari.
Ushbu birinchi guruh auditorlik tashkilotlari 1980-yilning oxirida tashkil topgan va Deloyt end Tush, Ernest end Yang, KPMJ va Praysvoterxaus Kuperslardan iborat. Ushbu auditorlik tashkilotlarning global tarmoqlari mavjud.
Ushbu firmalarning ko’pchiligi xalqaro tekshiruvlarda ishtirok etadi va xalqaro global texnologiyalar, protseduralar va direktivalar ishlab chiqilgan asosiy ofisda ishtirok etadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan auditorlik faoliyati bilan shug’ullanishga amaldagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan yuqori talablar o’rnatilgan.
Auditorlik kasbining mahorat darajasiga qo’yiladigan asosiy talablar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22- sentyabridagi 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi qarorida belgilangan.
Auditorlik malaka sertifikatiga ega bo’lish uchun da‘vogarlar O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2000-yil 28- avgustda 17-17/534-sonli buyruq bilan tasdiqlangan «Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash dasturi» va 2000-yil 25-sentyabrda 68sonli buyruq bilan tasdiqlangan ―Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidaˮgi nizomga muvofiq belgilangan bilim va tajribaga ega ekanliklarini ko’rsatuvchi hujjatlarni taqdim etishi va imtihon topshirishlari kerak.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash – bu audit sohasidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan davlat nazorati o’rnatish uslubidir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nomi yuqorida qayd etilgan 365-sonli qaroriga muvofiq «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to’g’risiˮda nizom tasdiqlangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2007 yildagi № PF615-sonli farmoniga asosan auditorlik tashkilotlariga qo’shimcha quyidagi litsenzion talab va shartlar belgilandi:

  • litsenziyani olishda qonunda belgilangan miqdorda ustav

kapitalining shakllangan bo‗lishligi;

  • auditor o’z auditorlik faoliyatini faqat bir auditorlik tashkilotida amalga oshiradi;

  • litsenziya turiga qarab auditorlik tashkilotida auditorlar (kamida 2, 4, 6 ta) bo’lishi kerak;

  • shtatdagi auditorlarda xalqaro buxgalterlik sertifikatlari (kamida 1-2) bo’lishligi;

  • O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan auditorlik

tashkilotlari rahbarlari har uch yilda attestatsiyadan o’tishligi;

  • auditorlik tashkilotlarida ichki ish sifati standartlarining mavjud bo’lishligi

  • har yarim yilda Moliya vazirligiga tegishli shaklda auditorlik faoliyati haqida ma‘lumotlarning berilishi.

Ushbu Nizomga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida auditorlik faoliyati bilan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo’lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari esa bundan mustasno. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash Moliya Vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilish muddatini to’xtatish, bekor qilish, to’xtatib turish yoki amal qilishini tiklash to’g’risidagi qaror Moliya Vazirligining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Auditorlik tashkilotlari litsenziya olish uchun Moliya Vazirligiga taqdim qiladigan arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladilar:

  1. Ta‘sis hujjatlarining (ustav, ta‘sis shartnomasi) notarial idora tomonidan tasdiqlangan nusxalari va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma;

  2. Kamida ikki auditor malaka sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari;

  3. Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami (STIR-INN) berilganligi to’g’risida Soliq organi tomonidan berilgan ma‘lumotnoma;

  4. Arizani ko’rib chiqish uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi bankning to’lov hujjati.

Ushbu hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi va bulardan boshqa hujjatlarni talab etilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditorlik tashkilotiga nisbatan quyidagi litsenziya talablari va shartlari qo‗yiladi:

  • «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga, auditorlik faoliyatining milliy standartlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

  • shtatida kamida ikki nafar auditor bo’lishi;

  • auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida olingan axborotning maxfiyligini ta‘minlash;

  • auditorlik tekshiruvlari o’tkazish bo’yicha shartnoma

majburiyatlarini o’z vaqtida va sifatli bajarish;

  • auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat auditorni tayinlash;

  • auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog’ida mustaqillikni ta‘minlash;

  • ishonchli auditorlik hisoboti tuzish va auditorlik xulosasi berish;

  • faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitaliga ega bo’lish;

  • fuqarolik mas‘uliyatini sug’urta qilish polisiga ega bo’lish;

  • o’z pochta manzil o’zgartirilganligi to’g’risida 10 kun muddatda litsenziyalovchi organga bildirish xati yuborish;

  • auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan boshqa axborotni litsenziyalovchi organ talabiga ko’ra taqdim etish.

Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” FAKULTETI
“AUDIT” KAFEDRASI
“AUDIT” FANIDAN

NAZORAT ISHI


Topshirdi: Rajabov A.
Qabul qildi: Ovlayev S.



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin