Schyotlar rejasi 6 qism va 9 bo‘limdan iborat. Schyotlar rejasining qismlari quyidagilardir:
1-qism. Uzoq muddatli aktivlar.
2-qism. Joriy aktivlar.
3-qism. Majburiyatlar.
4-qism. Xususiy kapital (mulk).
5-qism. Moliyaviy natijalarni shakllanishi va ishlatilishi.
6-qism. Balansdan tashqari schyotlar.
Schyotlar rejasidagi bo‘limlar quyidagicha nomlangan:
1-bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar.
2-bo‘lim. Tovar-moddiy zaxiralari.
3-bo‘lim. Kelgusi davr sarflari va muddati uzaytirilgan sarflarning joriy qismi.
4-bo‘lim. Olinadigan schyotlar.
5-bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar.
6-bo‘lim. Joriy majburiyatlar.
7-bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar.
8-bo‘lim. Kapital (mulk), foyda va zaxiralar.
9-bo‘lim. Daromad va sarflar.
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar yordamchi ishlab chiqarish yordamida ta’mirlanadi. YOrdamchi ishlab chiqarish tomonidan bajarilgan ta’mirlash xarajatlari 2310 — «YOrdamchi ishlab chiqarishlar» schyot debetida yig‘iladi va ta’mirlash ishlari tugatilgach, asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shiladi. Agarda ishlab chiqarishda bir necha mahsulot tayyorlanayotgan bo‘lsa, shu mahsulot tannarxiga mahsulot turini ishlab chiqarishda band bo‘lgan asosiy vositalar qiymatiga ko‘ra mos ravishda taqsimlanadi.
Yig‘ib taqsimlaydigan schyotlardan yana biri 2510 — «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyot bo‘lib, uning debetida umumishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar jamlanadi va ushbu xarajatlarni alohida hisobga olish ob’ektlari o‘rtasida (A mahsulot, B mahsulot yoki yordamchi ishlab chiqarish) taqsimlash tartibi tegishli normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Aktiv schyotlarda debet oborot oy davomida mablag‘larning kirimini, kredit oboroti esa mablag‘lar oy davomida kamayishini bildiradi.
Passiv schyotlardagi debet oborot oy davomida mablag‘ tashkil topish manbasi kamayishini, kredit oborot esa oy davomidagi manba ko‘payishini bildiradi.
Korxona ba’zi xo‘jalik mablag‘lari hisobini yuritishda bir necha bahodan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. SHunday mablag‘lar va ularning tashkil topish manbalari hisobini yurituvchi schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi. Bunday schyotlar quyidagi turkumlarga ajratiladi:
- kontraktiv;
- kontrpassiv.
- to‘ldiruvchi schyotlar.