Buxgalteriya hisobi


Hujjatlarni avtomatlashtirish va tashkil etish shakliga bog‘liqligi



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə139/224
tarix11.11.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#131846
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   224
Buxgalteriya hisobi

Hujjatlarni avtomatlashtirish va tashkil etish shakliga bog‘liqligi.
Buxgalteriya hisobida sodir bo‘layotgan jarayonlar o‘sha vaqtning o‘zidayoq maxsus hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlar buxgalteriya hisobi hujjatlari deb aytiladi. Buxgalteriya hisobining yana bir xususiyati, unda xo‘jalik jarayonlarining o‘z vaqtida hujjatlashtirilishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir operatsiya dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbayi hisoblanadi. SHu sababli buxgalteriya hisobida hujjatsiz ma’lumotlar axborot sifatida tan olinmaydi. Buxgalteriya hisobi hujjatlari bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalar to‘g‘risidagi yozma guvohdir, ya’ni hujjatlar o‘tgan davr to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Topshiriqlar.
Maqsad-Hujjatlarning namunaviy shakllaridan foydalangan holda buxgalteriya hujjatlarini rekvizitlarini tuldirish uslubiyotini o‘rganish.
Vazifa -Xo‘jalik xarajatlariga Hisob ot oyidagi Summa dan foydalanish bo‘yicha vaziyatni kurib chiqishng va buxgalteriya hujjatlarini to‘ldiring.
Topshiriqlarni bajarish uchun materiallar
Korxona; “Lochin” MCHJ.
Rekvizitlari; INN 2634031220, X/R 40702810307050000020
O‘zsanoat qurulish banki OTAJ da kor/schyoti 3010180300000000740, BIP 040702740,
YUridik shaxs manzili; Toshkent shaxri, Guliston 182. “Lochin “ MCHJ Direktorii-I.N. Saidov. Bosh hisobchi-I.CH. Po‘latova. Kassir-A.I. Li. Ko‘rib chiqilayotgan davr joriy yilning fevral oyi.
“Lochin” MCHJ ta’minotchisi kassadan ehtiyot qismlarni xarid qilishga 90000 so‘m hisobdorlik summasi olgan. U kerakli ehtiyot qismlar (lentani aylantiruvchi rolik - donasi 16500 so‘mdan 4ta, metiri 2000 so‘mdan 10 metr lenta ) xarid qilgan va kassaga avans hisobotini topshirgan.Q. Aliev ehtiyot qismlarni omborga, hisobdorlik summasining qoldig‘ini “Lochin” MCHJ kassasiga topshirgan.
1. Quydagi xarajatlarni tuldirish topshiriladi:
1. 10- Fevraldan 40-sonli chiqim kassa orderi. 2. 11-Fevraldan 12-sonli avans hisoboti. 3. 11-Fevraldan 32-sonli yuk xati. 4. 12-Fevraldan 63-sonli kassa kirim orderi.
2. Hisobdorlik summalardan xizmat safari xarajatlariga foydalanish bo‘yicha vaziyatni ko‘rib chiqish va kerakli hujjatlarni tuldirish kerak.
“Lochin” MCHJ ta’minotchisi A.Aliev direktorning joriy yilning 14- fevralidagi 7-sonli buyrug‘iga ko‘ra 15-fevraldan 7 kunli muddatda Moskva shaxrida xizmat safarida bo‘lgan. A.Aliev xizmat safari uchun kassadan 1200000 so‘m hisobdorlik summasi olgan va safardan qaytib kelishi bilan avans hisobotini topshirigan. Hisobot bo‘yicha xizmat safari xarajatlar- Mehmonxonada yashash kunigaga- 400 rub.(o‘sha kungi kurs 1rub.- 55 so‘m), Somolyot chiptasi borish-kelish uchun 750000 so‘m.
Quydagi hujjatlarni tuldirish kerak:
1. 14-Fevraldan 6-sonli xizmat safari guvohnomasi.
2. 14-Fevraldan 48-sonli kassa chiqim orderi. 3. 18-Fevraldan 17-sonli avans hisoboti.
4. 18-Fevraldan 69-sonli kassa kirim orderi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin