Internet saytlari 1. www.economics.ru 2. www.norma.uz 3. www.uza.uz 4. www.mehnat.uz 5. www.Lex.uz 6. www.ziyonet.uz 11-mavzu. Moliyaviy hisobotlar 1-amaliy mashg‘ulot
Buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti haqida tushuncha, uning ahamiyati va mohiyati. Hisobot kundalik hisob ma’lumotlarini hisoblash va guruhlash yo‘li bilan bir necha shakllarda tuziladi. Uning shakllarida hisobot davridagi faqat haqiqiy joriy ma’lumotlargina emas, balki o‘tgan davr ma’lumotlari ham ko‘rsatiladi.
Hisobot shakllarida bunday ko‘rsatkichlarning bo‘lishi, korxona moliya xo‘jalik faoliyatini tashkil qilishda katta ahamiyatga ega. Hisobot ma’lumotlarini tahlil qilish asosida faqat u yoki bu korxonaning xo‘jalik faoliyati natijasiga baho berilibgina qolmasdan, balki xo‘jalikning ayrim tarmoqlari ish natijasiga ham baho berish mumkin. Hisobot ma’lumotlarini o‘rganish korxonada mavjud bo‘lgan ichki imkoniyatlarni aniqlash va ularning ishga solish imkoniyatini ham beradi.
Buxgalteriya (moliyaviy) hisobotining tarkibi va turlari. Hisobotdan korxona rahbari, xo‘jalikni ichki boshqarishning barcha bo‘limlari va tashqi foydalanuvchilar (bank, soliq, sug‘urta tashkilotlari va mol etkazib beruvchilar, ta’sischilar, investorlar, aksiyanerlar) tomonidan to‘g‘ri foydalanilishi uchun u quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
1. Korxona faoliyatini aniq, to‘g‘ri va oddiy qilib aks ettirish.
2. O‘z vaqtida tuzish va tegishli tashkilotlarga kechik- tirmasdan topshirish.
3. Hisobot ko‘rsatkichlarining reja ko‘rsatkichlariga moslashganligini aks ettirish va ularni taqqoslash.
Reja va hisob ma’lumotlari o‘z iqtisodiy mazmuni hamda hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lishi kerak. Bunday taqqoslilikni ta’minlash uchun quyidagi sharoitlar zarur:
a) o‘tgan davr xronologik davrning mos kelishi hisobotda va hisob ma’lumotlari ma’lum bir davrni yoki ma’lum bir vaqtni aks ettirishi lozim;
b) o‘tgan davr va joriy davr ob’ektlarining bir xil guruhlanishi;
v) o‘tgan davr va joriy davr hisob guruhlarining bir xil usulda aniqlanishi.;
d) bahoning bir xilligi.
4. O‘tgan davr ko‘rsatkichlari bilan hisobot davri ko‘rsatkichlarini taqqoslash.
Hozirda hisobot shakllari unifikatsiya qilinib, ular soni qisqartildi. Yillik hisobot shakllari quyidagilardan iborat:
1. Korxona balansi (1- shakl).
2. Moliyaviy natijalar haqida hisobot (2- shakl).
3. Asosiy vositalar harakati haqida hisobot (3- shak).
4. Pul mablag‘lari haqida hisobot (4- shakl).
5. Xususiy kapital haqida hisobot (5- shakl).