Hisobotga ilovalar, tushuntirishlar va ma’lumotlar. Buxgalteriya hisoboti avvalom bor korxona mulki tarkibi hamda korxona moliya natijalarini ko‘rsatib beradi. Undan tashqari, bu hisobotda boshqa korxonalar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar, moliya tashkilotlari va bank muassasalari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Hisobot ma’lumotlarini mana shunday to‘liq berilishi shu bilan belgilanadiki, korxona mustaqil iqtisodiy ob’ekt deb qaraladi.
Yillik buxgalteriya hisobotiga 15-20 varaqdan ko‘p bo‘lmagan tushuntirish xati ilova qilinadi. Bu tushuntirish xatida korxona faoliyati so‘nggi natijasiga ta’sir etgan asosiy omillar, korxonaning yillik hisoboti natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari va sof foyda taqsimlanishi, buxgalteriya hujjatlarini tekshirish haqida auditor xulosasi ko‘rsatib o‘tiladi. Agar yil boshiga boshlang‘ich balans o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda tushuntirish xatida o‘zgartirish sabablari ko‘rsatib o‘tiladi. SHu ningdek, unda hisobot yilidagidan boshqacha hisob siyosatini qo‘llashga doir qaror qilingan bo‘lsa, u haqida ham ma’lumot beriladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriq va masalalar Topshiriq - hisobot yilida schyotlarning bosh va oxirigi qoldiqlari haqidagi ma’lumotlar asosida “Sarbon” MCHJ ning balansini tuzish
Topshiriqni bajarish uchun ma’lumotlar “Aqliy hujum” usulidan foydalanish uchun savollar:
Buxgalteriya xisoboti nima va uning axamiyati nimalardan iborot?
1-guruh uchun: 1. Xisobot turlari(muddatiga kura) a) oylik, choraklik, yarim yillik
b) choraklik, yarim yillik
v) oylik, choraklik
g) oylik, choraklik, yarim yillik, yillik.
2. Xisobot shakllari a) balans, moliyaviy natija tugrisida xisobot, asosiy vositalar
xarakati tugrisida xisobot, pul okimi xakida xisobot, xususiy kapital tugrisida xisobot.
b) xisobot, xususiy kapital tugrisida xisobot.
v) natija tugrisida xisobot, asosiy vositalar xarakati tugrisida xisobot
g) balans, pul okimi tugrisida xisobot.