Buxgalteriya hisobi


Oбoрoт вeдoмoст (aйлaнмa қaйднoмa)лaрини тузиш. Улaрнинг турлaри, шaкли вa тузиш тaртиби



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə21/224
tarix11.11.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#131846
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   224
Buxgalteriya hisobi

2.3. Oбoрoт вeдoмoст (aйлaнмa қaйднoмa)лaрини тузиш. Улaрнинг турлaри, шaкли вa тузиш тaртиби
Хўжалик юритувчи субъектларда мавжуд бўлган хўжалик маблағлари ва уларнинг ташкил топиш манбаларининг ҳолати ҳақида, умуман корхона хўжалик фаолияти, молиявий натижаларига баҳо бериш учун баланс тузилади. Маълумотларни балансга кўчиришдан олдин ҳисоб ишлари тўғри юритилганлигини ҳамда хўжалик молиявий ҳолатига баҳо бериш ва баланс тузиш учун айланма ведомостлари тузилади.
Бухгалтерия ҳисоби счётлари кўриб ўтилганидек, бир хўжалик маблағлари ёки уларнинг ташкил топиш манбалари тўғрисида маълумот беради. Оборот ведомостлар эса бухгалтерия ҳисоби счётлари маълумотларини жамловчи жадвалдир.
Оборот ведомостлар корхонанинг барча ўз маблағлари ва уларнинг ташкил топиш манбалари ҳаракати тўғрисидаги кўрсаткичларни бухгал­терия ҳисоби счётлари маълумотлари асосида ойлар бўйича умумлаштириш учун очилади.
Оборот ведомостлари икки хил бўлади:
1. Синтетик ҳисоб, синтетик счётлари бўйича оборот ведомости.
2. Аналитик ҳисоб, аналитик счётлари бўйича оборот ведомости.
Оборот ведомостларида объектларнинг бошланғич қолдиғи ой давомидаги ҳаракати ва ой охирига қолдиғи акс эттирилади.
Синтетик счётларда маълумотлар умумлаштирилиб, фақат пул кўрсаткичида ифодаланади. Синтетик ҳисоб, синтетик счётлари айланма ведо­мостлари қуйидагича шаклда бўлади:

Счётлар
рақами




Счётларнинг номи




Бошланғич қолдиқ (сўмда)




Счётларнинг


обороти
(сўмда)

Охирги
қолдиқ


(сўмда)

ДТ




КТ




ДТ




КТ




ДТ




КТ




0110-0199


Асосий восита


(фонд) лар

11120000


-

-

-

11120000



0211-0299




Асосий восита


(фонд) ларнинг эскириши

-

240000

-

-

-

24000

1010

материаллар

50000

-

32000

45000

37000

-


1030

Екилги

1100

-

400

500

1000

-


1040

Эхтиет кисмлар

23000

-

12000

11000

24000

-



Ва ҳ. К













Синтентик ҳисоб счётлари бўйича айланма бошланғич қолдиқ қаторидаги Дебет ва Кредит суммалари тенг келиши шарт бу тенглик улардаги кўрсаткичлар хўжалик маблағлари (актив счётлар) ва улар ташкил топиш манбалари (пассив счётлар) бошланғич қолдиқларини билдириши билан изоҳланади. Айланма бўлимидаги Дебет ва Кредит суммалари жамининг ҳам тенглиги зарурий шарт бўлиб, бу тенглик эса хўжалик жараёнларини бухгалтерия проводкаси орқали бир вақтда бир хил суммани бир счётнинг дебети ва икки счёт кредитида икки ёқлама ёзув орқали акс эттириши билан изоҳланади. Охирги бўлимдаги Дебет ва Кредит суммаларнинг жами тенглиги корхонадаги мавжуд бўлган хўжалик маблағлар ва улар ташкил топган манбаларини айланма қайднома тузилаётган вақтдаги миқдор ҳолатини билдириши билан тушунтирилади.


Аналитик счётларда эса натура ва бошқа ўлчов бирликлари қўлланилиши улар шаклини қуйидаги кўринишда бўлишини тақозо этади:

Объект номи




Баҳоси



Бошланич қолдиқ




Кирим



Чиқим



Охирги қолдиқ








Сони



Сумма



Сони



Сумма



Сони



Сумма



Сони



Сумма



Аналитик счёт қайси синтетик счёт доирасида очилган бўлса, унинг айланма қайдномадаги маълумотлари тегишли синтетик счёт маълумотлари билан мос келиши зарур ва бу ведомост битта синтетик счёт бўйича очилган ҳамма аналитик счётлар обороти ва қолдиғининг йиғиндиси саналади. Унинг ўзига хос хусусияти аналитик счётлар бўйича оборот ведомостларининг қолдиғи ва оборотлари умумий суммасининг худди шу аналитик счётларни бирлаштирган синтетик счётлар қолдиғи ва оборотига тенглигидир. Бу тенглик шуни билдирадики, аналитик счётлар билан синтетик счётлар ўртасида алоқа доимо сақланиб қолади,бу эса ўз навбатида, ёзувларни солиштириш имконини беради. Ушбу солиштириш вақтида чиқадиган суммалар бир-бирига тўғри келмаса, у ҳолда ёзувларда хатоликка йўл қўйилган бўлади. Хатолар тузатилади.



Демак, оборот ведомостлари счётлардаги ёзувнинг тўғри ёки нотўғрилигини текширишда мукҳим аҳамиятга эга экан.
Sintetik schyotlarda ma’lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida ifodalanadi. Sintetik hisob, sintetik schyotlari aylanma vedo­mostlari quyidagicha shaklda bo‘ladi:

Schyotlar


raqami


Schyotlarning nomi




Boshlang‘ich qoldiq (so‘mda)




Schyotlarning


oboroti
(so‘mda)


Oxirgi
qoldiq


(so‘mda)




DT




KT




DT




KT




DT




KT




Analitik schyotlarda esa natura va boshqa o‘lchov birliklari qo‘llanilishi ular shaklini quyidagi ko‘rinishda bo‘lishini taqozo etadi:




Ob’ekt nomi




Bahosi



Boshlanich qoldiq




Kirim



CHiqim



Oxirgi qoldiq








Soni



Summa



Soni



Summa



Soni



Summa



Soni



Summa



Analitik schyot qaysi sintetik schyot doirasida ochilgan bo‘lsa, uning aylanma qaydnomadagi ma’lumotlari tegishli sintetik schyot ma’lumotlari bilan mos kelishi zarur. Sintentik hisob schyotlari bo‘yicha aylanma boshlang‘ich qoldiq qatoridagi Debet va Kredit summalari teng kelishi shart bu tenglik ulardagi ko‘rsatkichlar xo‘jalik mablag‘lari (aktiv schyotlar) va ular tashkil topish manbalari (passiv schyotlar) boshlang‘ich qoldiqlarini bildirishi bilan izohlanadi. Aylanma bo‘limidagi Debet va Kredit summalari jamining ham tengligi zaruriy shart bo‘lib, bu tenglik esa xo‘jalik jarayonlarini buxgalteriya provodkasi orqali bir vaqtda bir xil summani bir schyotning debeti va ikki schyot kreditida ikki yoqlama yozuv orqali aks ettirishi bilan izohlanadi. Oxirgi bo‘limdagi Debet va Kredit summalarning jami tengligi korxonadagi mavjud bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lar va ular tashkil topgan manba- larini aylanma qaydnoma tuzilayotgan vaqtdagi miqdor holatini bildirishi bilan tushuntiriladi.




4-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya


Reja:
1. Hujjatlar va ular haqida tushuncha.
2. Hujjatlarning turlari.
3.Hujjatlardagi rekvizitlar va hujjatlarni rasmiylashtirish
4. Hujjatlarning aylanishi.
5. Inventarizatsiya haqida tushuncha, uning ahamiyati va turlari.
6. Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish.
Tayanch iboralar: Hujjat, hujjat aylanishi, rekvizit, blanka, arxiv, dastlabki va yig‘ma, farmoyish, tasdiqlovchi, inventarizatsiya, to‘liq va qisman,
inventarizatsiya yozuvi, inventarizatsiya ro‘yxati.


1. Hujjatlar va ular haqida tushuncha.
Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri hujjatlashtirish bo‘lib, uning ahamiyati xo‘jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etishda, shuningdek hisob ishlarini yuritish oldiga qo‘yilgan vazifa hamda talablarga javob berishda zaruriydir.
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi statistika tashkiloti ishlab chiqqan va tasdiqlagan maxsus blankalarga ro‘y bergan yoki sodir etilishi kerak bo‘lgan xo‘jalik jarayonlarini hamma rekvizitlarni aks ettirilgan holda tuziladi. Bundan tashqari korxona maxsuslashtirib ishlab chiqqan blanka shakllari ham qo‘llaniladi, ushbu hollarda ishlab chiqilgan blankalar shakli moliya tashkilotlari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Blankalarni eskirganlarini, hamda andozaga javob bermaydigan shakllarini ishlatish ta’kiklanadi.
Hozirgi davrda korxonalar o‘z buxgalteriya hisobini yuritishda zamonaviy texnika vositalaridan keng foydalanmoqdalar. Bunda korxonalarga birlamchi hujjatlarni hamma standartlar talabiga rioya etgan holda, hisoblash texnikalari orqali ishlab chiqarishga ruxsat etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi o‘rnatgan qonunchiligida belgilangan hollarda ba’zi hujjatlar qat’iy hisobda olib boriladi. Bunday blankalardan foydalanish va ular asosida hisob yuritish tartibi hamda ulardan foydalanuvchi korxonalar doirasi moliya vazirligi va tegishli boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan belgilanadi, albatta korxona muhri, ma’sul xodimi imzo bilan ham tasdiqlanishi zarur.
Blankalarga ma’lumotlar aks ettirilish ahamiyati shundaki, avvalambor xo‘jalik jarayoni isbotini bersa, ikkinchidan mulkchilik saqlanishini ta’minlaydi va yana korxona ichki boshqaruvi uchun hamda yuqori boshqaruvi, audit nazorati, tekshiruvi uchun ham xizmat qiladi. hujjatdagi ma’lumotlardan foydalanib korxona, muassasalar, tashkilotlar faoliyati o‘rganiladi, tahlil qilinadi, baho beriladi va tegishli xulosalar chiqarilib ular asosida chora-tadbirlari belgilanadi, tegishli qonun qoidalar qabul qilinadi va hayotga tadbiq etiladi.
Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan belgilanadi, albatta korxona muhri, ma’sul xodimi imzo bilan ham tasdiqlanishi zarur.
Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan belgilanadi, albatta korxona muhri, ma’sul xodimi imzo bilan ham tasdiqlanishi zarur.



Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin