Buxgalteriya hisobi


Rejali to‘lovlar tartibidagi hisob-kitoblar shakli



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə35/224
tarix11.11.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#131846
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   224
Buxgalteriya hisobi

Rejali to‘lovlar tartibidagi hisob-kitoblar shakli korxonalar o‘rtasida, ya’ni etkazib beruvchi va xaridor o‘rtasida doimiy aloqa mavjud bo‘lgan xollarda qullaniladi. Hisob-kitobning bu shakli mashinasozlik korxonalarida, ko‘mir, gaz, metall sotib olishda, ozik-ovkat sanoati korxonalari bilan savdo tashkilotlari o‘rtasida non, sut maxsulotlarini sotish va sotib olishda kullaniladi- Uning xususiyati shundaki, hisob-kitob har bir junatilgan mahsulot uchun emas, balki belgilangan muayyan muddatda, ya’ni xar kuni yoki 3-5 kunda bir marta olib boriladi. Ushbu shakldagi hisob-kitobning to‘g‘ri olib borilishini bank nazorat kilib turadi.Hisob-kitob xujjatlari xaridor yoki mol etkazib beruvchi tomonidan yozilishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan junatilgan mahsulot va tulangan pul tekshirib turiladi, urtadagi farq qo‘shimcha mablag to‘lash yoki mahsulot junatish bilan tartibga solinadi.
Rejali to‘lovlar orqali olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi mol yuboruvchining balansida 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» hisobvarag‘ining Rejali to‘lovlar hisob-kitobi» analitik hisobvarag‘ida yuritiladi.
Mahsulot sotilganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
K-t 9010-«Mahsulotni sotishdan olingan daromad».
Sotilgan mahsulotning puli kelib tushganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»
K-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».
Mijoz (korxona) chek daftarchalarini unga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasidan oladi. Mehnatga xaq to‘lash, pensiyalar, kasallik varakasi bo‘yicha nafakalar, mukofotlar, xizmat safarlari va xo‘jalik xarajatlari uchun nakd pullarni bank cheki asosida korxonaning Hisob-kitob schyotidan shu korxona kassasiga beradi.
Pul cheki korxonaning hisob-kitob schyotidan chekda ko‘rsatilgan nakd pul summasini berish to‘g‘risida bankka bergan farmoyishidan iborat. Chek siyoxda yoki sharikli ruchkada to‘ldiriladi. Unda summa, chek berilgan vaqt, oluvchining nomi, shuningdek olingan summa-ning nima maksadda ishlatilishi ko‘rsatiladi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin