Buxgalteriya hisobi


Hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan muomalalar hisobi



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə40/224
tarix11.11.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#131846
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   224
Buxgalteriya hisobi

7. Hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan muomalalar hisobi
Korxona o‘z amaliy faoliyatida xar doim ham bevosita o‘z kassasidan yoki o‘z xisob kitob varagidan hisob-kitoblarni amalga oshira olmaydi. Bunday xollarda mansabdor, shaxslarga hisobdorlik asosida bo‘naklar navd pullarda beriladi, ular to‘lovlarni amalga oshiradilar. Nakd pullar korxonaning xizmat safarlariga, muomalalar va xo‘jalik xarajatlariga hisobdorlik asosida beriladi. Naqd pullar xizmat safarlari uchun bunaqlar tarzida ko‘prok beriladi.

Korxona rahbarining farmoyishi bilan xodimlarning doimiy ish joyidan tashkarida topshiriqlarni bajarish uchun ma’lum muddatga qiladigan safari xizmat safari hisoblanadi. Xizmat safari rahbarning buyrugi bilan rasmlylashtiriladi, unda xodim xizmat safariga boradigan joyning nomi, xizmat safarining muddati, maksadlari va davomiyligi ko‘rsatiladi. Xizmat safariga boradigan xodimga korxona rahbari imzolangan muxr bosilgan safar guvoxnomasi beriladi. Xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlarga shu maksad uchun belgilangan summa miqdorida nakd pul beriladi.


Hisob berish sharti bilan olingan pulni u kanday maqsadga berilgan bo‘lsa,usha maksad uchun sarflashga ruxsat etiladi, uni bir shaxsdan boshqa shaxsga o‘tkazish takiklanadi. Hisobdor shaxs ilgari unga berilgan bunak yuzasidan tu lik Hisob-kitob berganidan ; keyingina unga yangi bo‘naklar beriladi. Xodim xizmat safaridan kdytganidan sung, 3kun ichida buxgalteriyaga rahbar tomonidan tasdiklangan xizmat safari to‘g‘risidagi yozma hisobotni va xizmat safarida sarflangan pul xaqidagi bunak hisobotini taqdim etishga majbur. Bunak hisobotiga xizmat safariga junab ketish, tayinlangan joyga etib kelish.u erdan junab ketish va ish joyiga etib kelish sanalari qayd qilingan xizmat safar guvoxnomasi, ijaraga uy olganlik va haqikiy yul xarajatlari to‘g‘risidagi xujjatla ilova qilinadi.
Xizmat safari bo‘yicha xodimlarga berilgan bo‘naklarni hamda boshqa hisobdorliklarni hisobga olish uchun quyidagi Hisobvaraqlardan foydalaniladi: 4210-«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha berilgan bo‘naklar» 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar» 4230-«Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar» 4290-«Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar».
Bu hisobvaraqlarda korxona ishchilariga mehnatga haq to‘lash bo‘yicha, hisobdor shaxs­larga ma’muriy-xo‘jalik va muomalaviy xarajatlar bo‘yicha, shuningdek xizmat safarlariu chun berilgan bo‘naklar hisobga olpnadi. Korxona xodimlariga navd pul mablag‘larini berish tartibi kassa muomalalarini yuritish qoidalari bilan tartibga solinadi. Xodimlar berilganida bo‘naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar pul mablag‘larini xisobga olish hisobvaraqlari bilan korrespondentsiyada debetlanadi, xodimlarga berilgan shn hisobga oluvchi hisobvaraqlar xarajatlar va xarid qilingan boyliklar hisobga olinadigan hisobvaraqlar bilan yoki sarflanadigan xarajatlarning turlariga ko‘ra boshqa hisobvaraqlar bilan korrespondentsiyada kreditlanadi.
Hisobdor shaxslar bilan xizmat safari yuzasidan hisoblashishishlar buxgalteriya hisobvaraqlarida quyidagicha aks ettiriladi: ;xisob berish sharti bilan kassa chiqim orderi asosida berilgan summalarga:
dt -4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar» Kt5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari»;
xisobdor shaxslarning bunak hisobotlari bo‘yicha sarflangan summalarga:
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»
D-t 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari»
D-t 9420)-«Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari»
K-t 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar»;
foydalanilmagan va kassaga kaytarilgan bo‘naklar summasiga:
D-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» '
K-t 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar»;
xisobdor shaxslar hisob beriluvchi summalar belgilangan muddatlarda sarflangani to‘grisida hisobot bermaganlarida yoki foydalanilmagan bo‘nak qoldigini kaytarmalarida ularning ish haqidan ushlab kolinadigan summalarga:
D-t 6710-«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishishlar»
K-t 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar».
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishuvlarning jamlama hisobi 7-jurnal-orderda kritiladi. Ushbu jurnal-orderda hisob berish sharti bilan berilgan xar kaysi summaga bita satr ajratiladi va bunak hisoboti taqdim etilishi, foydalanilmagan summalarning kassaga qaytarilishi yoki ortiqcha xarajatni koplash uchun olinishi bilan ana shu muamolarga doyr summalar usha satrlarning o‘zida ko‘rsatiladi.



Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin