8.Xodimlar bilan boshqa muomalalar bo‘yicha hisob-kitoblar Korxona xodimlari bilan ish haqi va deponentlar bo‘yicha hisob-kitoblardan tashqari boshqa hisob-kitob turlarini ham olib borishlari mumkin. Kredit hiobigas sotib olingan tovarlar bo‘yicha hisob-kitoblar, uy-joy qurish uchun olingan ssudalar, moddiy boyliklarning kamomadi bo‘yicha zararlarni qoplash uchun berilgan summalar bo‘yicha hisob-kitoblar xodimlar bilan boshqa muomalalar bo‘yicha hisob-kitob muomalalarini tashkil etadi. Ushbu hisob-kitoblarni hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ko‘zda tutilgan:
4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari»
4720-«Xodimlarning berilgan qarzlar bo‘yicha qarzlari»
4730-«Xodimlarning moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzlari»
4790-«Xodimlarning boshqa qarzlari».
4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari» hisobvarag‘ida korxona xodimlariga nasiyaga berilgan tovarlar yuzasidan hisoblashishishlar hisobga olinadi. Nasiyaga tovarlar sotib olgan shaxslar ishlovchi korxona bank krediti hiobigas uning ishchilariga berilgan kredit summalarini savdo korxonalariga tulaligicha utkazadilar.
Nasiyaga tovar sotib olgan xodimlarning qarzi uchun bank kreditlari olinsa, quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari»
K-t 6810-«Qisqa muddatli kreditlar»
K'-t 7810-«Ueoq muddatli kreditlar».
Korxona xodimlardan nasiyaga sotilgan tovarlar bo‘yicha haqlarni ish haqidan ushlab koladi:
D-t 6710-«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan xisoblashishlar»
K-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari».
Sungra ushlab kolingan summalar bank kreditini sundirish uchun yunaltiriladi:
D-t 6810-«Qisqa muddatli kreditlar»
D-t 7810-«Ueoq muddatli kreditlar»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
4720-«Xodimlarning berilgan qarzlar bo‘yicha qarzlari» hisobvarag‘ida korxona ishchilariga berilgan qarzlariga oid Hisoblashishishlar aks ettiriladi. Masalan, uy-kurilishiga, dala xovlilarni xarid qilish yoki ko‘rish uchun va xokazo.
Xodimlarga ushbu maksadlar uchun qarz berilganida quyidagicha provodka berilad:
D-t 4720-«Xodimlarning berilgan qarzlar bo‘yicha qarzlari»
K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Agar mablag‘lar korxonaga berilgan kredit hiobigas bevosita bank tomonidan xodimga berilsa, u holda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4720-«Xodimlarning berilgan qarzlar bo‘yicha qarzlari»
K-t 6810-«Qisqa muddatli kreditlar»
K-t 7810-«Ueoq muddatli kreditlar».
Qarzdor xodimlardan to‘lovlar tushib kelganida quyidagicha yozuv qilinadi:
D-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari»
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»
D-t 6710-«Mehnatga xdk to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishishlar»
K-t 4720-«Xodimlarning berilgan qarzlar bo‘yicha qarzlari». Bank kreditlarini sundirish paytida:
D-t 6810-«Qisqa muddatli kreditlar»
D-t 7810-«Ueoq muddatli kreditlar»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
4730-«Xodimlarning moddiy zararni koplash bo‘yicha qarzlari» hisobvaraq korxona xodimi tomonidan pul va tovar-moddiy boyliklarning kamomadi va talon-taroj qilinishi, yaroksiz mahsulot natijasida yuzaga kelgan moddiy zararni koplash bo‘yicha shuningdek zararning bonshcha turlarini koplash bo‘yicha hisoblashishishlar xisobga olinadi
Aybdor shaxslardan olingan summalar 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroksiz mahsulotlar materiallar, tovarlar va boshqa boyliklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditidan 4730-«Xodimlarning moddiy zararni koplash bo‘yicha qarzlari» hisoyuvarag‘ining debetiga olib boriladi.
4730-«Xodimlarning moddiy zararni koplash bo‘yicha qarzlari» hisoyuvarag‘ining krediti bo‘yicha yozuvlar, tulangan to‘lovlar summasiga - pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan, moddiy zararni koplash uchun mehnat haqidan ushlab kolinadigan summalarga - 6710-«Mehnatga hak to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishilar hisobvarag‘i bilan korrespondentsiyada amalga oshiriladi.
4790-«Xodimlarning boshqa qarzlari» hisobvarag‘ida yukorida kayd qilingan qarz lardan boshqa vujudga kelgan qarzlar yuzasidan hisoblashishishlarning hisobi korxonaning xar bir xodimi bo‘yicha yuritiladi.