Buxgalteriya hisobi


Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuliga



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə74/224
tarix11.11.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#131846
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   224
Buxgalteriya hisobi

Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuliga binoan amortizatsiya miqdori faqat nomoddiy aktiv kancha marta ishlatilishiga yoki kancha mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganiga bog‘liq bo‘ladi.
To‘g‘ri chizikli usul. Amortizatsiyani hisoblab yozish usullaridan birortasini qo‘llashni aniqlash kiyin bo‘lgan lollarda hisoblab yozishning to‘g‘ri chizikli usulidan foydalaniladi.
Amortizatsiyani hisoblashishda uning tugatilish qiymatiga e’tibor berish lozim. Agar boshqa summani ishonchli tarzda hisob-kitob qilish mumkin bulmasa, nomoddiy aktivning qoldik qiymati nolga teng bo‘ladi
Misol. «Bobur» xissadorlik jamiyatida nomoddiy aktivga eskirish hisoblashish bo‘yicha quyiidagi ma’lumotlar mavjud:
  • Nomoddiy aktivning balans qiymati - 1000 ming sum;


  • Tugatilish qiymati - 100 ming sum;


  • Xizmat muddati - 5 yil.




Yillik amortizatsiya summasi = (10000-1000)/5= 180 ming sum.
Amortizatsiyani to‘g‘ri chizikdi usulda hisoblash jadvali


Iillar


Balans qiymati


Iillik amortizatsiya summasi


Jamgarilgan amortizatsiya


Kolldik qiymati

1-yil

1000

180

180

820

2-yil

1000

180

360

640

3-yil

1000

180

540

460

4-yil

1000

180

720

280

5-yil

1000

180

900

100



Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiya hisoblash.
Korxonada shu davr mobaynida 90000 sumlik mahsulot ishlab chiqarildi. 1-yilda 20000, 2-yilda - 30000, 3-yilda - 10000, 4-yilda - 20000, 5-yilda - 10000 ming sumln mahsulot ishlab chiqarildi.
Mahsulot birligiga taksimlanadigan amortizatsiya xarajatlari quyidagiga teng: (10000-1000)/90000=0,1 har bir sumlik mahsulot uchun



Bajarilgan ish


hajmiga ko‘ra


amortizatsiya xisoblash jadvali




Yillar


Balans qiymati


Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi


Yillik amortizatsi ya summasi


Jamgarilgan amortizatsiya


qoldik qiymati

1-yil

1000

2000

200

200

800

2-yil

1000

3000

300

500

500

3-yil

1000

1000

100

600

400

4-yil

1000

2000

200

800

200

5-yil

1000

1000

100

900

100



kamayish usulida amortizatsiya Hisoblashish. Bu usulda amortizatsiya Hisoblashishda amortizatsiya me’yori 2 xissaga orttiriladi va amortizatsiya me’yor 40%(2*20%)ga teng bo‘ladi.
Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya xisoblash jadvali

Iillar

Balans qiymati



Yillik amortizatsiya summasi


Jamgarilgan amortizatsiya

Qoldik qiymati


1 –yil

1000

(40%*1000)=400


400

600

2-yil

1000

(40%*600)=240


640

360

3-yil

1000

(40%*360)=144


784

216

4-yil

1000

(40%*2160)=864


8704

1296

5-yil

1000

296

9000

100



11-MAVZU: TAYYOR MAHSULOT VA ULARNING SOTILISHINI HISOBGA OLISH.
REJA:


  • Tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) va uni hisobga olish vazifalari


  • Tayyor mahsulotni baholash va uning nomenklaturasi


  • Tayyor mahsulotning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi


  • Tayyor mahsulotni jo‘natishni hisobga olish


Tayanch iboralar: tayyor mahsulot, ishlar, xizmatlar, tayyor mahsulotni baholash, nomenklatura, tayyor mahsulotning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi, tayyor mahsulotni jo‘natishni hisobga olish, sotish xarajatlari hisobi, tayyor mahsulot sotishning analitik va sintetik hisobi
1. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) va uni hisobga olish vazifalari
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish xalq xo‘jaligi va axolining extiyoj-
larini ta’minlashga qaratilgan xar bir korxona ishlab chiqarish faoliyatining yakunlovchi
bosqichi hisoblanadi.
Tayyor mahsulot deb - korxonadagi barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib bo‘lgan, tayyor holga keltirilgan belgilangan davlat standarti va texnikaviy shartlarning barcha talablariga javob beradigan hamda texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilingan yoki buyurtmachilarga topshirilgan mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korxona-lar uchun bajarilgan ish, xizmatlar hamda ushbu korxonaga karashli ishlab chiqarishdan tashqari xo‘jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar ham kiradi.
Korxona mahsulotni iste’molchilar bilan tuzilgan shartnomalar reja topshiriqlari asosida bozor talablarini o‘rganish kabi masalalarga katta e’tibor bergan holda ishlab chiqaradi. Sanoat mahsuloti natura va qiymat ko‘rsatkichida hisobga olinadi. Natura ko‘rsatkichlari mahsulotni ularning tabiiy xususiyatlariga karab, mivdori, soni va ogirligini tavsiflab beradi, bu ko‘rsatkichlardan tayyor mahsulotni miqdoriy jihatdan hisobga olish uchun foydalaniladi. Tayyor mahsulot (ish, xizmat) ni natura ko‘rsatkich-larining puldagi ifodasi uning qiymat ko‘rsatkichini ifodalaydi.
Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulot, uni ortib jo‘natish vazifalariga quyidagilar kiradi:
  • Mahsulot (ish, xizmat) sotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma xo‘jalik


    operatsiyalarini hisobda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish;
  • Mahsulot (ish, xizmat) sotishda shartnomalar bajarilishi ustidan nazorat


    urnatish;
  • Sotilgan mahsulotning assortiment va hajmi bo‘yicha hamda sotish rejasining


    bajarilishini nazorat qilish;
  • Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan davr xarajatlarini o‘z


    vaqtida aniq hisob-kitob qilish;
  • Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni aniq hisob-kitob qilish, foyda summa-


    sini to‘g‘ri aniqlash va boshqalar.

Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning bir maromda ishlashiga, ombor xo‘jaligi va mahsulot sotishni to‘g‘ri tashkil qilishga, xo‘jalik operatsiya-larining xujjatlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirilishiga bog‘liqdir.


«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMSga muvofiq (5.3-band) tayyor mahsulot xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda bo‘lgan aktivlar hisoblanadi va ular xo‘jalik yurituvchi sub’ektning kundalik faoliyatida sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulot, tovarlar sifatida korxonaning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga kiradi. Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarishdan olinishi, uning harakati, sotilishi va xaridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni aks ettiradi.
Ombordagi mahsulot deganda, ishlab chiqarishning barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib, texnika nazorati bo‘limi tomonidan omborga benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga mo‘ljallangan tovar mahsuloti tushuniladi. Jo‘natilgan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga yoki iste’molchilarga jo‘natilgan, lekin uning uchun xaridorlar trmonidan xali puli tulanmagan yo‘ldagi mahsulotga aytiladi. Ma’sul saqlashga qabul qilingan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga jo‘natilgan tovar mahsulot har xil sabablarga ko‘ra (sifatiga ko‘ra xaridorning talabini qondirmaydigan, xaridorlarga adashib borib kolgan, ya’ni bir korxonaning o‘rniga ikkinchi korxonaga shartnomadan tashkari borib kolgan tovarlar va shu kabilar) sotib olish uchun qabul kilinmay qolgan bo‘lishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o‘z javobgarligiga qabul kilib olib, darxol bu mollarni yuboruvchi korxonaga xabar qiladilar. Shuning uchun bunday mollar mas’ul saqlashga qabul qilingan mollar deb yuritiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda kurgazmada kuyilgan tayyor mahsulotni ham kiritish mumkin. Chunki ko‘rgazmaga qo‘yilgan tayyor mahsulot ham korxonada ishlab chiqarilgan va sotilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar dir.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin