Buxgalteriya hisobi


Franko-ombor mol etkazib beruvchi



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə79/224
tarix11.11.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#131846
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   224
Buxgalteriya hisobi

Franko-ombor mol etkazib beruvchi. Bunda mahsulot ortib jo‘natish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarini mol etkazib beruvchi korxona to‘lov-talabnomasiga qo‘shadi (ombordagi ortib tushirish ishlarining qiymati temiryul tarifi va etkazib berish xarajatlari).
Franko-stantsiya jo‘natish shunday narxki, u mol etkazib beruvchi to‘lov-talabnomasining summasi, temir yul tarifi va mahsulotni vagonga ortish xarajatlari yigindisidan iborat.
Belgilangan stantsiyagacha franko vagon shunday narxki, bunda mol etkazib beruvchi to‘lov talabnomasiga faqat temir yul tarifi summasini qo‘shadi.
Belgilangan stantsiyagacha franko. Bunda jo‘natish bo‘yicha barcha xarajatlar temir yul tarifi qo‘shilgan holda mol etkazib beruvchi tomonidan to‘lanadi.
Narxning franko ombor xaridor turida mol etkazib beruvchi ko‘rsatilgan xarajatlardan tashqari xaridorning stantsiyadagi ortib tushirish ishlari, uning ombordagi va omboriga etkazib berish ishlari bo‘yicha xarajatlarni to‘laydi (qoplaydi). Bizning respublikamizda eng keng tarkalgan turi franko stantsiya junatish hisoblanadi.
Xo‘jalik shartnomasi - bu korxonalarning xo‘jalik munosabatlari urnatish haqidagi o‘zaro kelishuvidir. Shartnoma tomonlar majburiyati va xuquqlarini belgilovchi asosiy xujjat hisoblanadi. Yuz bergan sharoitni hisobga olib vaqti-vaqti bilan shartnoma shartlari ko‘rib chiqilishi va ularga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Agar korxona belgilangan nomenklaturadagi mahsulotni jo‘natish yuzasidan shartnoma shartlarini buzsa, u holda ushbu korxonaga nisbatan jazo choralari qo‘llanadi. Demak shartnoma bilan rasmiylashtirilgan xar bir rejali buyurtma korxona xodimlari bajarishi shart bo‘lgan qonundir. Bunday tartib ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yuqori ish unumdorligiga erishishni ta’minlaydi. Belgilangan muddatda mahsulot sotish rejasining bajarilmaganligi uchun jarima to‘lash chorasi qo‘llaniladi. Jarima miqdori mahsulot sotish shartlariga karab aniqlanadi. Tayyor mahsulotlarni xaridorlarga jo‘natish xaridor bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda jo‘natiladigan mahsulot muddati, miqdori, qiymati va hisob-kitob shartlari keltiriladi. Jo‘natilgan mahsulot schyot-faktura, chiqim xujjati, to‘lov talabnomasi va boshqa xujjatlarda rasmiylashtiriladi. Mahsulotlar xaridorlarga junatilganida jo‘natilgan tovar qiymatiga quyidagicha provodka beriladi

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin