Balansdan tashqari schyotlar. Korxonada vaqtincha ishlatishda yoki saqlanishda bo‘lgan mablag‘lar uchun mo‘l- jallangan schyotlar, balansdan tashqari schyotlar deyiladi.
Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining 21 standartida ketirilgan schyotlar rejasiga ko‘ra balansdan tashqari 14- schyot mavjud.
Mavzuni mustaxkamlash bo‘yicha masala Xo‘jalik operatsiyalarini analitik hisobda aks ettirish. Topshiriqlar 1. «Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» scheti bo‘yicha analitik schetlar kontokorrent kartochkalarda ochilsin.
2. Bu analitik hisob kartochkalariga boshlang‘ich qoldiqlar yozilsin. Mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarga doir 1.4 Mavzuni mustaxkamlash bo‘yicha masalada keltirilgan xo‘jalik operatsiyalarining summalari analitik hisobning kartochkalariga tarqatilsin.
3. Xar bir analitik schet bo‘yicha debet va kredit oborotlari va qoldiq, summalari topilsin. «Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» schetining analitik schetlar bo‘yicha oborot vedomosti tuzilsin.
4. «Materiallar» scheti bo‘yicha miqdor-summa kartochkalarida analitik schetlar ochilsin.
5. Bu analitik hisob kartochkalariga boshlang‘ich qoldiqlar yozilsin. Materiallarning xarakatiga doir to‘rtinchi amaliy mashg‘ulotda keltirilgan xo‘jalik operatsiyalari miqdor-summa kartochkalariga tarqatilsin.
6. «Materiallar» schetining analitik schetlar bo‘yicha oborot va qoldiqlari miqdor va summa bo‘yicha aniqlansin. Bu sintetik schetning analitik schetlar bo‘yicha oborot vedomosti tuzilsin.
Topshiriqlarni bajarish uchun materiallar I. YAnvar oyining birinchi kuniga korxonaning tovar etkazib beruvchi tashkilotlarga qarzlari: a) «Karim» xususiy firmasi— 260 000 so‘m.
b) «Rakurs T.» firmasi —244 000 so‘m.
2. Birinchi yanvarga korxonaning «Materiallar» scheti bo‘yicha qoldig‘i: