10-mavzu. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobi 1-amaliy mashg‘ulot Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Sqqs = STob *SS/100
bunda:
Sqqs - iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi;
STob - soliqqa tortiladigan oborot;
SS - qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi. Tovar (ish, xizmat)lar qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z ichiga olgan narxlar va tariflar bo‘yicha sotilganida - soliq quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Sqqs = Tqx SS/(SS+100)
bunda:
Tq - qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan tovar (ish, xizmat)lar qiymati.
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan tovar (ish, xizmat)larni sotadigan korxonalar erkin (shartnomaviy) narx va tarifga qo‘shilg‘an qiymat solig‘i summasini qo‘shmaydilar.
20 foizlik mikdorlardagi stavkalar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korxonalar tovarlarning sotilishi va ularga doir soliqlar summasi yuzasidan qo‘llaniladigan stavkalar bo‘yicha alohida hisobni yuritishi va hisob-kitob hujjatlarida soliq summalarini tovarlar turlari bo‘yicha qo‘llaniladigan stavkalarga qarab ko‘rsatishi lozim.
Misol: Korxona mol etkazib beruvchilarga materiallar sotib olgani uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini 1700 ming so‘m qiymatida to‘ladi, bu avval 4410-«Soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schyotida aks ettiriladi, hisobot davri oxirida ushbu summa 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» schyotining debetida ko‘rsatiladi.
Bu qiymatga quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi:
material sotib olinganidagi QQS summasi - 1700 ming so‘m:
D-t 4410-«Soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» - 1700 ming so‘m;
K-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» - 1700 ming so‘m;
hisobot davri oxirida QQS summasi 6410-schyot debetiga o‘tkazildi - 1700 ming so‘m:
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» - 1700 ming so‘m;
K-t 4410-«Soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» - 1700 ming so‘m.
Bu materiallardan shu oyda tayyor mahsulot ishlab chiqarildi: Uning qiymati - 30000 ming so‘m; Shu jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘i: 30000 x 20% : 100 = 6000 ming so‘m;
QQS bilan birga umumiy daromad 36000 so‘mni tashkil etdi. Bunda quyidagi provodkalar beriladi:
Sotilgan mahsulot qiymatiga:
D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» - 30000 ming so‘m.
K-t 9010-«Realizatsiya» schyoti - 30000 ming so‘m;
Qo‘shilgan qiymat solig‘iga:
D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti - 6000 ming so‘m;
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» schyoti - 6000 ming so‘m.
Shu oyda byudjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘ini aniqlash uchun xaridorlardan olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i va mol etkazib beruvchilarga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i, ya’ni 6410-schyotning krediti bi lan debeti solishtirilib aniqlanadi.
Byudjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i quyidagicha hisoblanadi: 6000-1700= 4300 ming so‘m.
Bu soliq byudjetga o‘tkazilganda:
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» schyoti - 4300 ming so‘m;
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» schyoti - 4300 ming so‘m.