Buxgalteriya hisobi


Yagona soliq to‘lovi hisobi



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə164/224
tarix11.11.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#131846
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   224
Buxgalteriya hisobi

6. Yagona soliq to‘lovi hisobi.
2005 yil 20 iyunda Prezidentning «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-3620-sonli Farmoni qabul qilindi. U kichik biznes sub’ektlarining faoliyat ko‘rsatish shart-sharoitini yaxshilashga, ularni soliqqa tortishni soddalashtirishga yo‘naltirilgan va asosiy masalalar tartibga solinadi:
1) soliq solishning soddalashtirilgan tizimi tarkibining o‘zgarishi, birxillashtirilgan soliq to‘lovining joriy etilishi;
2) joriy etilgan birxillashtirilgan soliq to‘lovi to‘lovchilari uchun imtiyozlar va qo‘shimcha preferentsiyalar berilishi.
Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar uning summasini soliq solinadigan baza va tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisob-kitob qiladilar. Bunda soliq organlariga davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bo‘yicha hisob-kitoblar alohida taqdim etilmaydi, shuningdek pensiya, yo‘l va maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armalariga majburiy ajratmalar summalarini alohida to‘lanmaydi.
Yagona er solig‘i hisobi.
Yagona er solig‘ini to‘lovchilar quyidagilardir:
  • qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar;


  • qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari.


Bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar soliq solish maqsadida qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi:


    1. er uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va o‘zi etishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud er uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik shaxslar;


    2. qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘zlariga belgilangan tartibda berilgan er uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;


    3. qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va o‘zi etishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotini o‘z ichiga oluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar.


Yagona er solig‘ini to‘lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:


hisobot yilining 1 iyuligacha – yillik soliq summasining 20 foizi;
hisobot yilining 1 sentyabrigacha – yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1 dekabrigacha – soliqning qolgan summasi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin