2. Xarajatlarni kelib chiqish joylari va javobgarlik markazlari bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil etish Javobgarlik markazlari bo‘yicha hisob yuritish g‘oyasini birinchi bulib 1952 yilda Sen Xiggins olga surdi. Uning fikricha, javobgarlik markazlari bo‘yicha hisob yuritish -bevosita xarajatlarni boshqarish hisobidir. Bunda hisob natijalari markaz hisobida tiklanadi va aks ettiriladi.
Javobgarlik markazi - korxona segmenti bulib, unga ko‘ra ishlab chiqarish xarajatlari bilan bir qatorda olingan daromad yoki uni investitsiyalash jarayoni nazorat qilinadi. «' Javobgarlik markazlari»da ko‘rsatkichlarning shakllanish jarayoni uchun rahbar javobgardir. Javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobining asosiy maqsadi har bir javobgarlik markazi bo‘yicha faoliyat xarajatlari va daromadlari haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish hamda ular bo‘yicha mavjud og‘ishishlarni muayyan shaxs zimmasiga yuklashdan iborat.
Boshqarish nuqtai-nazaridan korxonaning javobgarlik markazlariga bo‘linishi, nazrimizda, muayyan vaziyat xususiyati bilan belgilanishi va quyidagi asosiy talablarga e’tibor berishi kerak:
-javobgarlik markazlari korxonaning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi bilan
bog‘langan bo‘lishi:
-har bir javobgarlik markazida faoliyat hajmini aniqlash, xarajatlarni hisoblashish
ularni taqsimlash uchun baza vazifasini bajarishi;
-har bir javobgarlik markazi menejerlarining vakolatlari va javobgarligi belgilanishi zarur. Menejer faqat o‘zi nazorat qila oladigan ko‘rsatkichlar uchun javob beradi;
-xar bir javobgarlik markazi uchun ichki hisobot shakllarini o‘rnatilishi;
-javobgarlik markazi menejerlari o‘tgan davr uchun markaz faoliyati taxlilini
kelgusi davrga rejalar (byudjetlar) tuzishda faol ishtirok etishlari lozim.
Bundan taishchari, korxonani javobgarlik markazlariga bo‘lishda tegishli markazlar a’zolarining e’tirozlariga ta’sir qila oladigan ijtimoiy-psixologik omillarni isobga olmok zarur. Shuni nazarda tutish lozimki, ishlab chiqarish korxonasini javobgarlik markazlariga bo‘lish tarmok xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi va tashkil etilishi, dastlabki materiallar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar tarkibi, jixozlanish darajasi va boshqa omillarga bog‘liq Korxonani tashkiliy tuzilmalarida boshqarishni tashkil etishning chiziqli, funktsional, chiziqli - funktsional shakllarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Chiziqli boshqarish deganda «vertikal boshqarish tushuniladi, bunda kuyida turuvchi bkginlar qat’iy ravishda yukorida bkginlarga bevosita bo‘ysunadi. Odatda, chiziqli tizim ishlab chiqarish tsexlari va a bo‘linmalarini boshqarish uchun xarakterlidir. Funktsional boshqarish - bu alohida funktsiyalar bo‘yicha boshqarishdir (moliya. ta’minot, sotish, kadrlar, loyixa- konstruktorlik va texnologik ishlovlar, ish yuritish. tashqi iktisodiy aloqalar va xokazolar). Amaliyotda boshqarishning chizikli-funktsional tuzilmasi eng ko‘p kkllaniladi. Bunday tuzilma doirasida chizikdi bo‘linmalar mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha asosiy faoliyat bilan shugullanadi, ixtisoslashgan funktsional bo‘linmalar esa (marketing bo‘limi, reja-moliya bo‘limlari, kadrlar bo‘limi) asosiy bo‘linmalarga xizmat qiladi. Bu holda boshqaruvning ixtisoslashuvi, uning tamoyillari birgalikda to‘laroq amalga oshiriladi hamda taiyorlanadigan qarorlarning yuksak darajalidaligi va har bir ishlab chiqarishga yoppasiga rahbarlik qilish ta’minlanadi.
Matritsali tuzilmada funktsional bo‘linmalar bilan birga muayyan ishlab chiqarish vazifalarini xal etish uchun maxsus organlar (loyixa guruxlari) tuziladi. Bu guruxlar boshqaruvning turli darajalaridagi alohida funktsional bo‘linmalar mutaxassislaridan tarkib topadi. Matritsali tuzilmaning afzalligi shunda namoyon bo‘ladiki, u korxona ichkarisidagi tsiklarni bartaraf etish imkonini beradi, bu esa funktsional ixtisos-lashish rivojiga xalal bermaydi. Funktsional-qiymat taxlili (FKT) guruxining vujudga kelishi ham bunga misol bo‘lishi mumkin. Uning maqsadi eng kam xarajat kilgan holda eng yaxshi sifatli va zamonaviy, yangi buyumni ishlab chiqarishga erishishdir.
Bshqarishni tashkil etishning matritsali shakli yukori darajada rahbarlarning hamjixatlikdagi faoliyatini, markazlashgan gurux a’zolarini shaxsiy kobiliyatlaryni namoyon bo‘lishi uchun sharoitlar yaratadi. Mazkur tashkiliy tuzilmaga muvofiq javobgarlik markazlarini tuzish (tseh bo‘lim, uchastka) xar bir bulinma faoliyatini muayyan shaxslar mas’uliyati bilan boglashga, xar bir bulinma natijalarini baholashga va ularning korxona faoliyati natijalariga kushgan xissasini aniqlashga imkon beradi.