2 - mavzu: Pul mablag‘lari hisobi «Guliston» hissadorlik jamiyatining 20… yil uchun xo‘jalik muomalalarini hisobga olish daftari.
№
Muomala mazmuni
Asos bo‘luvchi hujjat
Summa
Schyotlar aloqasi
Dt
Kt
1
Hisob kitob schyotidan kassaga naqd pul keltirildi ish haqi tarqatish uchun (Chek bilan)
Kassa kirim orderi
250000
2
To‘lov vedomostlariga asosan o‘tgan oy uchun ish haqi tarqatildi (To‘lov vedomosti tuzilsin)
Kassa chiqim orderi
200000
3
Vaqtida olinmagan ish haqi deponentga o‘tkazildi. (To‘lov vedomostlariga belgi qo‘yilsin)
Deponent qayd daftari
50000
4
Kassadagi deponentga o‘tkazilgan naqd pul hisob-kitob schyotiga topshirildi (e’lon hujjatiga asosan blankasi to‘ldirilsin)
Kassa chiqim orderi
50000
5
Kassaga xizmat safari xarajatlari uchun naqd pul olindi (chek bilan)
Kassa kirim orderi
10000
6
Kassadan xizmat safariga boruvchi shaxslar U.Ravshanov, A.Rasulovlarga naqd pul avans tariqasida berildi.
Kassa chiqim orderi
10000
7
«Bahor» nomli fermer xo‘jaligidan debitorlik qarzi undirildi. Hisob schyotiga tushirildi
Hisob schyotidan ko‘chirma
28000
8
Hisob schyotidan Kuchlik neft tashkilotiga olingan A-80 benzin uchun qarz o‘tkazib berildi (To‘lov topshiriqi rasmiylashtirilib)
Hisob schyotidan ko‘chirma
70000
9
Ijtimoiy sug‘urta to‘lovi bo‘yicha qarzdorlik Hisob schyotidan o‘tkazib berildi. (To‘lov topshiriqi rasmiylashtirilib)
Hisob schyotidan ko‘chirma
1800
10
Chirchiq transformator zavodiga qo‘yilgan akkreditivning bir qismi qaytarildi
Hisob schyotidan ko‘chirma
11000
11
Bankdan olingan qisqa muddatli kredit hisob - kitob schyotiga o‘tkazildi.
Hisob schyotidan ko‘chirma
600000
12
Sotilgan mahsulotlar uchun «O‘zGolding» Qo‘shma Korxonasidan hisob schyotiga mablag‘ kelib tushdi.
Hisob schyotidan ko‘chirma
50000
13
Bankning qisqa muddatli kreditidan foydalanilganligi uchun hisoblangan foiz hisob-kitob schyotidan to‘landi.
Hisob schyotidan ko‘chirma
2000
14
Bankning hisob-kitob schyotidan bergan ko‘chirmasi bo‘yicha bizning hisob-kitob schyotimizga noto‘g‘ri o‘tkazilgan pul aniqlandi.
Hisob schyotidan ko‘chirma
15000
15
Bank ushbu noto‘g‘ri o‘tkazilgan pulni hisob - kitob schyotimizdan qaytarib oldi.
Hisob schyotidan ko‘chirma
15000
16
Sotib olingan aktsiyalar bo‘yicha hisoblangan divident hisob - kitob schyotimizga o‘tkazildi.
Hisob schyotidan ko‘chirma
7000
17
Rossiya federatsiyasida joylashgan xaridor korxonadan sotiladigan mahsulotlar uchun avans tariqasida valyuta raqamiga mablag‘ kelib tushdi (500 Aqsh) dollarida 1 Aqsh dol - 1245 sum
Hisob schyotidan ko‘chirma
622500
18
“Yo‘lovchitransservis” korxonasiga hisob schyotidan mablag‘ o‘tkazilib Shahar transporti uchun oylik chiptalar sotib olindi
Hisob schyotidan ko‘chirma
10000
19
Shahar transporti uchun olingan oylik chiptalar xo‘jalik xizmatlarida foydalanish uchun berildi
Talabnoma, Dalolatno-ma
10000
20
Valyuta schyotidagi AQSh dollari O‘zR Markaziy banki e’lon qilgan kurs bo‘yicha ijobiy kurs tafovuti aniqlandi 1 AQSh -1250 sum
Buxgalter ma’lumot
2500
21
Chirchiq transformator zavodiga qo‘yilgan akkreditivning bir qismi kreditorlik qarzni tugatishga sarflandi
Buxgalter ma’lumot
11000
22
“Turon” fermer xo‘jaligiga qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun oldindan avans o‘tkazib berildi.
Hisob schyotidan ko‘chirma.
80000
23
Xaridorlardan kelgusida beriladigan mahsulot uchun oldindan olingan mablag‘ muddati kechiktirilgan daromad sifatida aks ettirildi.
Hisob schyotidan ko‘chirma.
500000
24
Xususiy tadbirkor Raxmatullaev V.V. dan beriladigan mahsulot uchun avans olindi.
Hisob schyotidan ko‘chirma.
200000
25
Byudjetga QQS o‘tkazib berildi.
Hisob schyotidan ko‘chirma
20000
Vazifa: 1. Buxgalteriya o‘tkazmalari berilsin.
2. Quyidagi shaklda oborot vedomosti tuzilib schyotlarga tarqatilsin.
Schyot №
Schyotlar nomi
Oy boshiga saldo
Aylanma
Oy oxiriga saldo
Dt
Kt
Dt
Kt
Dt
Kt
JAMI:
3. Pul mablag‘lari hisobi bo‘yicha kassa kirim orderi, kassa chiqim orderi, kassa kirim, chiqim orderlarini qayd etish daftari, kassa kitobi, to‘lov topshirig‘i, hisob, valyuta schyotidan ko‘chirma va boshqa tegishli hujjatlar to‘ldirilsin.