Buxgalteriya hisobi


Materiallarning kirimini buxgalteriyada hisobga olish



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə57/224
tarix11.11.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#131846
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   224
Buxgalteriya hisobi

Materiallarning kirimini buxgalteriyada hisobga olish
Korxona buxgalteriyasida moddiy boyliklarning kirim-chiqimlari xususidagi barch birlamchi xujjatlar: manzil belgilari, imzolar, summalar va amalga oshirilgan tadbir-larning konunga to‘g‘ri kelish-kelmasligi tekshiriladi. Kirim orderlaridagi yozuvlar tegishli to‘lov xujjatlari, schyot-fakturalar, yukxatlar va boshqa xujjatlar bilan solish­tiriladi. Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan xujjatlar kayta kurib chiqish uchun kaytariladi.
Buxgalteriyada tekshirishdan utkazilgan xujjatlar taksirovka qilinadi, ya’ni material miqdori uning narxiga ko‘paytirilib, xujjat bo‘yicha umumiy summa aniqlanadi. Keyin barcha kirim-chiqim xujjatlari omborlar, jamlama hisobvaraqlar bo‘yicha guruxlarga ajratiladi, bu guruxlar esa hisob narxi bo‘yicha kichik guruxlarga bo‘linadi. Bu xujjatlarning yakunlari M-43 shaklidagi materiallarning jamlama hisobi jamgarun kaydnomasiga yozib kuyiladi.
Buxgalteriya hisobida materiallarning hisobini yuritishda quyidagi hisobvaraqlardan foydalanish mumkin:
1010-«Xom-ashyo va materiallar»
1020-«Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi kismlar» 1030-«yokilgi»
1040-«Extiyot kismlar»
1050-«Qurilish mollari»
1060-«Idish va idish materiallari»
1070-«Boshqa tomonga kayta ishlash uchun berilgan materiallar» 1080-«Inventar va xo‘jalik anjomlari»1
1090-«Boshqa materiallar».
Ushbu hisobvaraqlarning debetida ishlab chiqarish zahiralarining ko‘payishi, kredi tida esa ularning ishlab chiqarish va boshqa maksadlar uchun sarflanishi aks ettiriladi. Yukorida sanab utilgan hisobvaraqlar aktiv hisoblanib, ularning debetidagi qoldi hisobot davri boshidagi materiallar qoldigini aks ettiradi.
Mol etkazib beruvchilar schyotlari va ombor kirim orderlari asosida omborga materiallarning qabul qilinishiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»
K-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
Qabul qilish vaqtida materiallarning kamomadi yoki etishmasligi aniqlansa, u xolda materialning sotib olinish bahosiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar»
K-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
Agarda korxonaga keltirilgan materiallar mol etkazib beruvchilar xujjatlarid ko‘rsatilganidan ortik bo‘lsa, u holda ko‘p chiqkan material qiymatiga tegishli materia, schyotlari debetlanib, 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar hisobvarag‘i kreditlanadi. Sotib olingan materiallar bo‘yicha mol etkazib beruvchilar schyotining tulanishig ko‘idagicha provodka beriladi:
D-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
K-t 5110-«hisob-kytob schyoti».
Korxonaning o‘zida tayyorlangan va omborga qabul qilingan materiallarning haqiki tannarxiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»
K-t 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish».

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin