Buxgalteriya hisobi


Xarid qilingan materiallar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə60/224
tarix11.11.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#131846
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   224
Buxgalteriya hisobi

Xarid qilingan materiallar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish
Xom-ashyo va materiallar qabul kilgan korxonalar ularning qiymatini mol beruvchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i (KDS) bilan birgalikda tulaydi. Mol beruvchi korxona olingan tushumdan KQSni byudjetga tulaydi.
qo‘ushilgan qiymat solig‘i (tovarlarni sotish, ishlar bajarish va xizm ko‘rsatish jarayonida yangi xrsil qilingan qiymatga asoslangan xrlda sof daromadnsh qismini byudjet daromadiga olib kuyishning bir shaklidir. 20 foizlik undiriladi.
KQS ikki xil usulda hisoblanadi:
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagicha formula bo‘yicha aniqlanadi:
Bunda: S - iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi;
S - soliqqa tortiladigan oborot;
SS —qushilgan qiymat solig‘i stavkasi.
2) Tovar (ish, xizmat)lar qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z ichiga olgan narxla
tariflar bo‘yicha sotilganida — soliq quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
SKks = Tk*SS/(SS+100); (2)
bunda: Tk — qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan tovar (ish, xizmat qiymati.


9-MAVZU: Investitsiyalar hisobi


Reja:
1.Investitsiya tushunchasi va uning mohiyati
2.jarayonning subyektlari va obyektlari
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya tizimi.
Tayanch iboralar: samara, loyiha, rentabellik, xarajat, narxi, investitsiya portfeli, daromad, aksioner, kapital, ssuda, moliyalash, zarar

1.Investitsiya tushunchasi va uning mohiyati


«Investitsiyalar» atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan olingan bo‘lib, pul sarf qilmoq, qo‘ymoq ma’nosini anglatadi. «Investitsiya» tushunchasi bir qator ma’nolarga ega bo‘lib, foyda olish maqsadida aksiya, obligatsiya sotib olish, tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan real aktivlarni sotib olish va ishlab chiqarish uchun sarflanishi tushuniladi, ya’ni investitsiyalar har qanday vosita bo‘lib, pulning qiymatini saqlaydi yoki uning qiymatini ko‘paytiradi va ijobiy daromadlar olishni ta’minlaydi. Investitsiya mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan mexanizmlardan biri hisoblanadi.
Kapitalning joylashtirish shakllari turlicha bo‘lib, qator omillar asosida farqlanadi, ya’ni kapital pul va buyum ko‘rinishdagi kapitalga bo‘linganligi uchun ushbu jihatlardan kelib chiqqan holda inves- titsiyalarni moddiy-buyumlar va pul ko‘rinishidagi investitsiya tur- lariga ajratish mumkin.
Moddiy buyumlar deganda, ko‘rinishidagi investitsiyalarga qo‘yi- layotgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlari, mashina va uskunalar, moddiy zaxirani ko‘paytirish uchun olingan tovarlar tushuniladi.
Pul ko‘rinishdagi investitsiyalarga investitsiyali tovarlarni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan moddiy buyumlar ko‘rinishdagi investi- tsiyalarga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari kiradi.
Investitsiyalar — aniq yoki noaniq, lekin ehtimoli bor risklar sharoitida kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog‘lash bo‘lib, uning joriy qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamg‘a- rilishini ta’minlash maqsadida moliyaviy va real aktivlarga maqsadli qo‘yilma qilish jarayonidir.
Demak, investitsiya tushunchasining mohiyatini yoritganda uning jamg‘arish, qo‘yish va daromad olishdan iborat dinamik jarayoninilib qarash lozim. Investitsiyaning bunday doiraviy harakati asosan investitsion faoliyat orqali amalga oshiriladi. Ko‘plab mamlakatlar xorijiy qo‘yilmalarni jalb etish maqsadida imtiyozli sharoitlarni yara- tadi, xususan kapitallarni saqlash va zararlarni qoplashni kafolat- laydi, imtiyozli soliq olishni kiritadi va foydani xorijga erkin o‘tkazishga ruxsat beradi, olingan daromadlar va boshqalarni qayta investitsiya- lashga sharoitlar yaratadi.
Investitsiyaning milliy daromaddagi hissasi investitsiya me’yori deb ataladi. Bu quyidagi formula asosida hisoblanadi:
YalS
YalM = x 100 (l)
YaMD
Bunda, YalM — yalpi investitsiya me’yori;
YalS — yalpi investitsiya summasi;
YaMD — yalpi milliy daromad.
Moliyaviy resurslarning turlariga qarab investitsiyalar quyidagicha shakllarda bo‘ladi:
  • shaxsiy mablag‘lar, depozitlar, ulushlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar;


  • harakatdagi (asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) va ko‘chmas (binolar, inshootlar, kommunikatsiya va boshqa boyliklar) mol-mulklar;


  • mualliflik huquqlar, nou xau va boshqa (aqliy) boyliklar;


  • yerdan, tabiiy boyliklardan va boshqa mol-mulklardan foyda- lanish huquqlari (nomoddiy aktivlar qiymati).


Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shakllaridan qat’iy nazar inves- titsiyalar kapitalni jamg‘arish jarayonining natijasi hisoblanadi. Jam- g‘arish investitsiya qo‘yishning asosi bo‘lib, u qo‘yiladigan inves- titsiyalarning hajmini belgilaydi.


  • Investitsion jarayonning subyektlari va obyektlari


Investitsiya jarayonining subyektlarini quyidagicha turkumlash maqsadga muvofiq:


  • buyurtmachilar;


  • investorlar;


  • investitsiya faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar;


  • pudratchilar;


  • ish bajaruvchilar;


  • tijorat, qo‘shma, xususiy va xorijiy banklar;


  • sug‘urta kompaniyalari;


  • investitsion fondiar;


  • ta’minotchilar.


Investorlar — investitsiya jarayonining asosiy subyektlari bo‘lib, o‘z mablag‘lari, qarz va jalb qilingan mablagiarning investitsiyalar shaklida kiritishni va ulardan foyda olish maqsadida foydalanishni amalga oshiradi.


Investitsion jarayonning subyektlari sifatida tadbirkorlar, tashkilot (korxona)lar va ularning birlashmalari, muayyan obyektga mablagiar kiritishdan foyda (yoki boshqa foydali samara) olishni rejalashtirgan davlat organlari va investitsion fondlar qatnashishi mumkin.
Quyidagilar investorlar boiishi mumkin:
  • 0‘zbekiston Respublikasi hukumati davlat mulkini boshqarish yoki mulk huquqlari bilan ta’minlangan organlar shaklida;


  • mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qonunchilik tartibida belgilangan organlar va xizmatlar shaklida;


  • mahalliy korxonalar, shuningdek, nizomida zarur huquqlar bilan ta’minlangan tadbirkorlik birlashmalari, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar;


  • xorijiy mamlakatlar bilan tashkil qilingan qo‘shma korxonalar, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar;


  • milliy va xorijiy kredit tashkilotlari;


  • xorijiy yuridik shaxslar;


  • xorijiy davlatlar ularning hukumatlari tomonidan vakil qilingan organlar shaklida;


  • xalqaro tashkiiotlar.


Jamg‘arilgan resurslar investitsion obyektlariga qarab real, moliya- viy va intellektual investitsiyalarga boiinadi.


Investitsion jarayonining obyektlar guruhlanishi 1-chizmada keltirilgan.



Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin