birinchidan, resurslarni kapital qo‘yilmalarga aylantirish, ya’ni resurslarni investitsion faoliyat natijasi hisoblangan obyektlarga o‘t- kazish;
ikkinchidan, kapital qo‘yilmalar uchun sarflangan mablag‘lar pirovard natijada investitsiyalar miqdorini oshirish va yangi iste’mol qiymatini yaratish;
uchinchidan, ijtimoiy samara yaratish, ya’ni investitsiya faoliyati- ning pirovard maqsadini amalga oshirish.
Agar investitsiyalar natijasida foyda (daromad) yoki ijtimoiy sa- mara olinmasa, investitsiya qilishga qiziqish bo‘lmaydi.
Boshlang‘ich va oxirgi zanjirlar tutashib, yangi o‘zaro bog‘liqlik jarayoni hosil boiadi: daromadlar — resurslarga aylantiriladi, ya’ni jamg‘arish jarayoni takrorlanadi. Investitsiya faoliyati — tarmoqlarda investitsiyalarning bir marta to‘liq aylanishi jarayonidir. Investitsiya davri investitsiyalarning bir marta aylanishiga tengdir. Ya’ni, kapital mulk tariqasida mujassam boigan qiymatning pul mablagiari jam- langan davrdan ular qaytib keladigan paytga qadar boigan aniq harakatini o‘z ichiga oladi.
Davlat korxonalari, firmalar, korporatsiyalarning investitsiya faoliyati ularga soliq, amortizatsiya imtiyozlari (foydani soliqqa tortish bo‘yicha imtiyozlar yoki amortizatsiyaning imtiyozli me‘yorlari)ni berish yoii bilan rag‘batlantiradi.
Investitsiya bozori — investitsiyalarni tashkil etish va moliyalash- tirish uchun zamin yaratib beradi, bu bozor investitsiya tovarlari, qurilish materiallarining barcha turlari, ishlab chiqarish fondlarining aktiv qismi, investitsiya xizmatlaridan iborat.
Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish investitsiyalarning turlari hamda investitsiya bozorining aktivlik darajasi uning elementlari o‘rtasidagi nisbatiga bogiiq boiadi. Ularni bozor konyunkturasini o‘rganish orqali aniqlanadi.
Prezidentimiz I.A. Karimov ta’biri bilan aytganda, mamlaka- timizda 2010-yilda 2009-yilga nisbatan 13,6 foizga ko‘p, ya’ni 9 milliard 700 million AQSH dollariga teng miqdordagi investitsiyalar o‘zlashtirildi, bu yalpi ichki mahsulotning qariyb 25 foizini tashkil etadi.7 Belgilangan vazifa va maqsadlarni amalga oshirish uchun investitsion jarayonni faollashtirib, hududlarga yoiialtirilgan inves- titsiyalarning hajmini keskin oshirish lozim.
Mamlakatimiz investitsion faoliyatining holatini yana ham ravshanroq tushunishga imkon beruvchi bunday axborotning analitik guruhlarining ro‘yxatini tuzish mumkin:
mutloq ko‘rinishdagi asosiy kapitaldagi investitsiyalar va korxo- naning o‘z mablagiariga munosabati bo‘yicha ularning tarkibi;
mamlakatning iqtisodiy tarmogi bo‘yicha asosiy kapitalga qo‘yilgan investitsiya tarkibi;
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish doirasidagi asosiy kapital- ga qo‘yilgan investitsiyalarining o‘zaro munosabati;
iqtisodiyotni qayta shakllantirish davrida asosiy kapitaldagi investitsiya indekslari;
xususiy korxonalarning asosiy kapitaldagi investitsiyasi;
davlat iqtisodiy sektorining investitsion faoliyat doirasiga qara- tilgan e’tibori;
chet ellik investorlarning mutloq ko‘rinishdagi investitsiyalari;
chet ellik investorlaming iqtisodiyot tarmogida investitsiyalari.
Hozirgi zamon amaliyotida investitsion bozor yo‘nalishlari va
investitsion faoliyatiga qarab o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
investitsion mablagiar bozori;
investitsion xizmatlar bozori;
asosiy fond va ko‘chmas mulk bozori;
qimmatli qog‘ozlar bozori;
boshqa investitsiyalash obyektlari bozori.
Investitsion mablagiar bozori o‘z ichiga quyidagi yo‘nalishlarni ya’ni, yer bozori (yer maydonlarini sotish yoki undan foydalanish huquqi), moliyaviy mablagiar bozori, uning ishtirokchilari esa bank, sug‘urta va moliya kompaniyalari, patentlar bozori, yangi texnolo- giyalar bozori va boshqa aktivlar bozorini qamrab oladi.
Investitsion xizmatlar bozori tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha xizmatlar bozori;
loyihaviy ishlar va loyihaviy mahsulotlar bozori;
muhandis, muhandis-geologiya va iqtisodiy izlanishlar bo‘yicha xizmatlar bozori;
qurilish materiallari, yarim fabrikatlar va konstruksiya bozorlari;
qurilish mashinalari, texnika, qurilish-montaj instmmentlari va qurilish texnologiyalari bozori.
Investitsion bozorning subyektlari sifatida esa quyidagi shaxslar qatnashishi mumkin:
qurilish mahsulotlari va montaj ishlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsa- tuvchi tashkilot va firmalar;
loyiha va loyiha-qurilish firmalari;
ilmiy-izlanish tashkilotlari;
injenering firmalari;
qurilish texnikasini ishlab chiqarish korxonalari, qurilish montaji bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, nostandart texnikalarni ta‘mirlash korxonalari.
Asosiy fond va ko‘chmas mulk bozori — investitsion xizmatlar bozori bilan bevosita bogiiq boiib, birinchi navbatda investitsion faoliyatning yakunlangan mahsulotlari bilan, kapital qo‘yilmalar va kapital qo‘yilmalarni shakllantiruvchi investitsiyalar va investitsion loyihalarga ajratilgan investitsion mablagiar bilan bogiiqdir.
Qimmatli qog‘ozlar bozori — fond bozoridan tashqari pul va mahsulot qimmatli qog‘ozlar, mahsulot fyuchers, optsion bozorlarini ham qamrab oladi.
Hozirgi iqtisodiy islohotlar sharoitida mamlakat milliy iqtisodiyo- tini modernizatsiyalash, mahsulot ishlab chiqarish sur’atini o‘stirish va mamlakatning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan iqtisodiy siyosat iqtisodiyotdagi investitsion faollikni jonlantirishni talab qiladi. Shu nuqtayi nazardan amalga oshirilgan islohotlar natijasida keyingi yillarda iqtisodiyotdagi barqaror o‘sish jarayonlari kuzatildi va eksportga mahsulot ishlab chiqarish koiamining kengayishi hisobiga toiov balansming ijobiy saldosi natijasiga erishildi. Hukumatimiz tomonidan yaratilgan qulay investitsion muhit natijasida milliy iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investitsiyalar tarkibida yuqori texnologiyalarga asoslangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar koiami kengayib bordi. Shu- ningdek, mavjud investitsion resurs salohiyatimizga asoslangan holda ichlci investitsiyalarni jalb qilish sur’ati ham ortib bordi.
Ilbob. Investitsion faoliyatni moliyalashtirish
Investitsioai faoliyatmng moliyalashtirish manbalarining ahamiyati
Bozor sharoitida investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish yo‘nalishlari 0‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotni barqarorlashtirish korxonalar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun bir qancha tadbirlar hamda investitsiya dasturlari va loyihalarini ishlab chiqilmoqda. Ho- zirgi paytda investitsiyalarning tashkil etish va moliyalashtirish inves- titsiya siyosatining quydagi yo‘nalishlariga asosan amalga oshiril- moqda:
tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish borasida aniq maqsadni ko‘zlab siyosat o‘tkazish, tovarlarni eksport qilishda xorij investitsiyalari uchun o‘z daromadlaridan foydalanishlarida birmuncha imtiyozlar tartibini joriy etish;
xorijiy investitsiyalari asosan kapital manbalarini Respublika iqtisodiyotiga jalb etish uchun huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy shart- sharoitlarini yanada takomillashtirish;
0‘zbekistonga jahon talablari darajasidagi texnikalar olib kela- digan iqtisodiyot tizimni rivojlantirishga yordam beradigan xorij in- vestitsiyalariga nisbatan ochiq eshiklar siyosati o‘tkazish.
Hozirgi sharoitda Respublikada investitsiya bazasini rivojlantirish va chuqurlashtirish islohotlar strategiyasining muhim sharti bo‘lib qoldi. 0‘zbekiston Respublikasi bir qancha rivojlangan mamlakatlar bilan qo‘shma korxonalar barpo etmoqda. Hamkorlikda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va tovarlar ichki bozorni ta’minlamoqda va eksport qilinmoqda.
Ma’lumki, investitsiyalar budjet tomonidan yoki budjetdan tash- qari manbalar tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Budjet tomo- nidan investitsiyalarni moliyalashtirilishiga umumdavlat va mahalliy budjetlarning loyihalarni moliyalashtirish nazarda tutiladi.
Budjetdan tashqari manbalarga esa o‘z moliyaviy mablag‘lari, qarzga olgan mablag‘lari, jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar, budjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari va chet el investitsiyalari kiradi.
Hozirgi kunda o‘z mablag‘lari bilan loyihalarni moliyalashtirish jahon amaliyotida keng tarqalgan. 0‘z mablagiariga korxonaning foydasi, amortizatsiya ajratmalari, ichki xo‘jalik rezervlari va bosh- qalar kiradi. Korxona o‘z loyihalarini o‘zi moliyalashtiradi degani — bu korxona rivojlangan, moliyaviy mablag‘ yetarli korxona dega- nidir.
Xullas, ikki guruhdan markazlashgan, ya’ni budjetdan tashqari manbalarning hissasi hozirgi lcunda ortgani e’tirof qilinmoqda. Quyidagi 4-jadvalda investitsion resurslar tarkibi ko‘rib o‘tiladi.
Dostları ilə paylaş: |