Ta’sischilar qarzlarining pul mablag‘larini berish yuli bilan to‘lanishi
5010, 5110, 5210
4610
5.
Ta’sischilar qarzlarining boshqa aktivlar tarzida to‘lanishi
1010-1090, 2910
4610
3. Qo‘shilgan hamda rezerv kapitali hisobi Korxonada qo‘shilgan kapital hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi: 8410-«Emission daromad» 8420-«Ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha kursdagi fark». Ushbu hisobvaraqlar passiv bulib, ular oddiy va imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha nominal qiymatdan yuqori bahoda olingan summalarni va ularning harakatini umumlashtirish uchun muljallangan.
Korxonada qo‘shilgan kapital quyidagi operatsiyalar natijasida vujudga kelishi mumkin:
kursdagi farkni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali korxonalar ustav
kapitalini shakllantirish paytida.
Misol. Nominal qiymati 600 sum bo‘lgan aktsiyalar 850 sumga sotildi.
D-t 5110-«hisob-kitob schyoti»-85O sum K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari»-600 sum K-t 8410-«Emission daromad»-250 sum. Shuni ta’kidlab utash lozimki, 8410-«Emission daromad» hisobvarag‘i krediti bo‘yicha faqatgina aktsiyalarning birlamchi emissiyasi paytidagi nominal qiymatidan ortiqcha summa hisobga olinadi. Mazkur summa foyda solig‘iga tortish, ob’ekti bo‘lib hisoblanmaydi.
Sotish bahosidan past narxlarda sotib olingan aktsiyalarni sotishda va summalar kamomadida 8410-«Emission daromad» hisobvarag‘ida zarar aks ettiriladi.
Misol. 2000 sumlik nominal qiymatli, dastlab 2400 sumdan sotilgan aktsiyalar 2600 sumdan sotib olindi, keyin esa ikkinchi marta 2000 sumdan sotildi: