Nig’monov Hojiakbarning
”Iqtisodchilar Uchun Oliy Matematika” fanidan
” Differensial tenglamalar va ularning tadbiqlari,birinchi tartibli oddiy differensial tenglamalar ” mavzusiga oid yozgan
MUSTAQIL ISHI
Bajarildi:
Tekshirildi:
Mavzu: Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobining roli Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobining ahamyatida o’tishdan avval iqtisodiyot nima ekanligini va uning erkinlashtirish mohiyatini tushunib olishimiz kerak!
Iqtisodiyot nima o’zi?
Iqtisod – jamiyatning hamma aʼzolari uchun farovon hayot yaratish usul va vositalarini oʻrganadigan va amalda qoʻllaydigan soha. Iqtisodning yagona maqsadi – jamiyatning har bir aʼzosi uchun yaxshi turmush tarzini yaratish. Ana shu asosiy maqsaddan boshqa ikkilamchi maqsadlar kelib chiqadi. Masalan: iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish, barchani ish bilan taʼminlash va hokazo. Koʻpchilik orasida yana bir xato tushuncha bor: iqtisod asosida pul turadi. Yoʻq – iqtisod asosida manbalar (resurslar) turadi – pul ularning harakatini taʼminlovchi vosita, xolos. Savdo – iqtisodning katta qismi, lekin u iqtisodning asosi emas. Ibtidoiy jamoada savdo boʻlmagan. Odamlar oʻz ehtiyojlarini qoplash uchungina mehnat qilishgan. Jamoa orasida shu jamoa ehtiyojlarini qondirish uchun mehnat taqsimoti boʻlgan: Ayollar nasl tarbiyasi va termachilik bilan mashgʻul boʻlsa, erkaklar ov va jamoa xavfsizligini taʼminlash bilan band boʻlgan. Bunday iqtisodda pul kerak boʻlmagan va iqtisod tabiiy qonunlar asosida qurilgan.