28
Rasmiy nomlanishi Argentina respublikasi
Mustaqillik sanasi 1816 yil 9 iyul (Ispaniya mustamlakasi)
Rasmiy tili Ispan
Poytaxti Buenos-Ayres
Yirik shaharlari Buenos-Ayres, Kordova, Rosanio
Boshqaruv shakli Prezidentlik respublikasi
Maydoni 2,78 mln km.kv. (dunyoda 8-o`rinda)
Aholi soni 38,4 mln kishi (dunyoda 32-o`rinda)
Zichligi 1 km.kv. ga 18,3 kishi
Pul birligi Argentina pesosi (ARS kod 032)
Geografik joylashuvi. Argentina Respublikasi - Janubiy Amerikaning qit’asining janubi-sharqiy qismi, Olovli Yer orolining sharqiy qismini va unga yaqin bo’lgan Estados va h.k. orolarni egallab turadi. G`arbda — Chili; shimol va shimoli – sharqda — Boliviya, Paragvay, Braziliya va Urugvay bilan chegaradoshdir. Sharqdan Atlantika okeani suvlari yuvib turadi.
Mamlakatning eng yuqori nuqtasi — Serro Akonkagua (Janubiy Amerikadagi eng yuqori cho’qqisi hisoblanib, balandligi 6960 m tashkil etadi). Argentina iqlimi shimolda — subtropik, mamlakat markazida — nam tropik va janubda – mo’tadil bo’ladi. Argentinaning sharqida, vodiylar g’arbda esa, baland And tepaligi mavjud. Yoz fasli (yanvar)dagi o’rtacha harorat: +28° C, markazda — taxminan: +24° C va janubda: +10° C ni tashkil etadi. Qish (iyul) faslida: +18° C, +15° C va +1° C ni tashkil etadi. Qish faslida ayrim ichki hududlar qurg’oqchilikka uchraydi. And tepaliklarida ular turli xil bo’ladi. Argentinaning asosiy daryolari: Parana, Paragvay, Rio-Salado, Rio-Kolorado hisoblanadi. Foydali qazilma boyliklari qatoriga: qo’rgoshin, sink, olovo, mis, temir rudasi, neft va uran kiradi.
Ma’muriy taqsimlanishi. Argentina — 22 ga provinsiya, federal (poytaxt) okrug va Olovli Yer orolining milliy xududidan iborat federatsiya hisoblanadi.
Aholisi va dini. Aholining etnik tarkibi: argentinaliklarning 85 % dan oshig’i yevropaliklardan (ispaniyaliklar italyanlar, portugaliyaliklar, nemislar, slavyanlar va Yevropa qit’asidan kirgan boshqa vakillar)dan kelib chiqqandir. Hindu xalqlari, aholining - 15 % ni tashkil etadi. Davlat tili - ispan tili. Dini: xristian-katoliklar — 92 %, protestantlar 2 %, iudaizmlar - 2 %.
Siyosiy tizim. Argentina – Prezident boshqaruvi shaklidagi federativ respublika hisoblanadi. Davlat va hukumat boshlig’i prezident. Ikki palatali Milliy Kongress (Senat va Deputatlar palatasi) —mamlakatning qonunchilik hokimiyatini tashkil etadi. Ijroiya hokimiyati — Prezident va Bosh vazir boshchiligidagi hukumat tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatda ko’ppartiyaviylik tizimi joriy etilgan. Argentina, Amerika davlatlari tashkiloti, BMT va uning ko`plab maxsuslashtirilgan tashkilotlari a’zosi hisoblanadi.
Iqtisodiyoti. Argentina – qishloq, xo’jaligi yuqori rivojlangan industrial- agrar mamlakat hisoblanadi. Qo’rg’oshin, stink, neft, tabiiy gaz, uran va boshqa rudalari qazib olish amalga oshirilmoqda. Oziq - ovqat avtomobil, matbaa, tekstil, teri – poyafzal, mashinasozlik va rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash va neft- kimyo, transport mashinasozlik, qishloq xo’jalik mashinasozlik, elektrotexnika sanoati jadal suratlarda rivojlanib bormoqda.
Asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlari bug’doy, jo’xori, arpa, sorgo, soya, shakarqamish va kungaboqar Baliqchlik rivojlangan. Argentinada turizm sohasi yaxshi rivojlangan. Eksport uchun: go’sht, jun, teri, bug’doy, o’simlik vino mahsulotlari yetkazib beriladi. Import orqali mashina va uskunalar, ximikatlar, metall buyumlar, yoqilg’i va qishloq xo`jalik buyumlari olib kiriladi. Asosiy savdo hamkorlari – AQSH, Braziliya, Germaniya, Boliviya, Yaponiya va Italiya.
Dostları ilə paylaş: |