Buxoro 2016 yil



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə15/37
tarix24.02.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#114658
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
zhanubij amerika

Ma’muriy taqsimlanish. Braziliya ma’muriy jihatdan 26 shtatlar va 1 ta federal (poytaxt) okrugiga bo’linadi.

Aholisi va dini. Axolining 95 % ga yaqinini braziliyaliklar -- xindularning G’arbiy Yevropa mamlakatlari va Afrika qit’asidan chiqqanlar bilan qoni aralashgan vakillaridan iborat. Davlat tili — portugali tili hisoblanadi. Dini: aholining katta qismi taxminan 74 %, bugungi kungacha sinkretik va animistik dinlarga ibodat qiladilar.

Siyosiy tizim. Hozirgi kunda 1988 – yil qabul qilingan va 1994-1997 yillarda o’zgartirishlar kiritilgan Konstitutsiyaga amal qilinib kelinmoqda. Braziliya - Prezident boshqaruvi shaklidagi Federativ Respublika sanaladi. Davlat va hukumat boshlig’i — prezident. Ikki palatali Milliy Kongress (Senat va Deputatlar palatasi) — mamlakatning qonunchilik palatasini tashkil etadi. Ijroiya hokimiyatining yuqori organlari — Federat hukumat va Prezident mahkamasi sanaladi. Har bir shtat o’zining hukumati va qonunchilik assambleyasiga egadir. Muniststipal darajada ijroiya hokimiyati boshlig’i — prefekt hisoblanadi. Mamlakatda ko’ppartiyaviylik tizimi joriy etilgan. Braziliya — BMT, VTO, Amerika davlatlari tashkiloti, XVF kabi xalkaro tashkilotlarning a’zosi hisoblanadi.

Iqtisodiyoti. Braziliya – industrial – agrar mamlakat hisoblanib, Janubiy Amerikada iqisodiy salohiyati jihatdan eng yirigidir. Mamlakatda: temir va marganets rudalari, rangli metallar, berilliy, tantal, boksit, neft, tosh ko`mir va h.k qazib olinadi. Qora va rangli metallurgiya (alyuminiy, mis va nikel quyish).

Mashinasozlik (avia va kemasozlik, qishloq xo’jalik, radioelektron va harbiy), neftni qayta ishlash, kimyo, neft-kimyo, sement, qog’oz, to`qimachilik va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Xo’jalikda o’stiriladigan asosiy mahsulotlar: qahva, shakarqamish, kakao, banan, soya, sizal, guruch, manioka (dunyoda birinchi o’rinda turadi), jo’xori va bug’doy hisoblanadi. Qoramolchilik, baliqchilik rivojlangan.

Eksport uchun: tayyor buyumlar va og’ir hamda yengil sanoat yarim fabrikatlar, avtomobillar, samolyotlar, elektron uskunalar, po’lat, qahva, temir rudasi, soya-dukkaklari, tamaki, shakar, go’sht, teri va jun yetkazib beriladi. Import orqali: mashina, dastgohlar va sanoat uskunalari, sanoat xom-ashyosi neft- ko’mir va rangli metallurgiya) va bug’doy olib kiriladi. asosiy tashqi savdo hamkorlari: AQSH, Yevropa ittifoqi mamlakatlari, Lotin Amerika davlatlari, Yaponiya va Kanada.


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin