Buxoro 2016 yil



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə17/37
tarix24.02.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#114658
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
zhanubij amerika

Ma’muriy taqsimlanishi. Ma’muriy hududi jihatdan Venesuela 22 shtat, 1ta federal okrug (Karakas) va Karib dengizidagi 72 oroldan iborat federal hududlarga bo’linadi.

Aholisi va dini. Aholining etnik tarkibi: venesuelaliklar – 91 %, kolumbiyaliklar - 3 %, italiyaliklar - 2 %, ispanlar ~2 % va hindular — 2 % ni tashkil etadi. Davlat tili — ispan tili hisoblanadi. Dini: katoliklar — 95 % dan iborat.

Siyosiy tizim. Venesuela Bolivarian Respublikasi — Prezident boshqaruvi shaklidagi mustaqil federativ respublika sanaladi. Prezident qonunchilik tashabbusiga ega bo’lib mavjud bo’lgan qonunchilik tizimiga o’zgartirishlar taklif etadi, ammo takliflari parlamentdagi ko’pchilik ovozlar bilan rad qilishi mumkin. Ikki palatali Milliy Majlis - mamlakatning Qonunchilik organini tashkil etadi. Oliy Sud hokimiyati sanaladi. Venesuela - VTO, MBRR, XVF, MFKK, Amerika davlatlari tashkiloti, BMT va OPEK a’zolari qatorida turadi.

Iqtisodiyoti- Mamlakat iqtisodiyoning asosini — neft qazib chiqarish va Kimyo sanoati tashkil etadi. Qayta ishlash sanoati ayniqsa, mashinasozlik va metallurgiya sanoatlari mamlakatning iqtisodiyotiga qaraganda jadal sur`atlarda o’sib bormoqda. Mamlakatda traktor va qishloq xo’jaligi buyumlari, transport qurilish uskunalari, metallni qayta ishlash korxona va zavodlari mavjud. Qurilish mollari ishlab chiqarilishi o’sib bormoqda. Eksport uchun: neft va neft mahsulotlari, temir rudasi, qahva va kakao, oltin, asbest, shakar, banan, sabzavotlar, guruch, teri, qoramol va yog’och yetkazib beriladi. Import orqali turli xil uskunalar, mashinalar, mexanizmlar, transport vositalari ularning ehtiyot qismlari, turli xil xom – ashyolar jumladan metall konstrukstiyalar, iste’mol sanoat mollari va oziq – ovqatlar olib kiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Yevropa mamlakatlari, Braziliya, Yaponiya.


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin