Buxoro 2016 yil



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə22/37
tarix24.02.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#114658
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
zhanubij amerika

Ma’muriy taqsimlanishi. Ma’muriy jihatdan mamlakat 24 departament va 1 ta departament huquqlariga ega konstitutsion Kalyao provintsiyasiga bo’linadi.

Aholisi va dini. Aholining etnik tarkibi: 45 % — kechua va aymara hindulari, 37 % — metislar, 15 % — yevropaliklar va taxminan 3 % — osiyoliklar hisoblanadi. Davlat tillari — ispan va kechua tili. Dini: katolistizm.

Siyosiy tizim. Peru — Prezidentlik respublikasi hisoblanadi. Davlat va hukumat boshliq — Prezident. Ijroiya hokimiyatini prezident va Bosh vazir amalga oshirishadi. Qonunchilik hokimiyati — Bir palatali Kongressga tegishli. Sud hokimiyati Yuqori sud va joylardagi o’zini - o’zi boshqarish hokimiyatlari tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatda ko’ppartiyaviylik tizimi joriy etilgan. Peru — BMT va uning maxsus tashkilotlari hamda Amerika davlatlari tashkiloti a’zosi hisoblanadi. Peru — Lotin Amerika integratsiyasi assotsiatsiyasi, And guruhi, Tinch okeani davlatlari iqtisodiy Kengashi, Lotin Amerikasidagi yadro qurolini ta’qiqlash kabi tashkilotlarning tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti. Peru — tog’-kon va tobora takomillashib borayotgan qayta ishlash sanoati rivojlangan agrar-industrial mamlakat hisoblanadi. Xo’jalikda asosan: paxta, shakarqamish, qahva va kakao o’stiriladi. Yirik shoxli qora mol, muchka, qo’y, lama va alpak boqiladi. Baliqchilik va yog’ochni qayta ishlash muhim sohalardan biri hisoblanadi.

Tog’- kon sanoatining asosiy tarmoqlariga: stink rudasi, qo’rg`oshin, mis, temir rudasi, kumush, vismut, surma, molibden, volfram, simob, kadmiya, selena, tellura, oltin va neft kiradi. Neft, gaz va ko’mir sanoati mamlakat hayotida katta ahamiyatga ega. Qora va rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo va to`qimachilik sanoati rivojlangan.

Eksport uchun: tog’- kon va metallurgiya, neft va neft mahsulotlari, mis, stink, oltin, kumush, qo’rg’oshin, baliq uni, qahva, paxta va shakar yekazib beriladi. Import orqali: oziq - ovqat mahsulotlari, avalam bor bug’doy va guruch, sanoat uskunalari, ximikat va avtomobillar olib kiriladi. Asosiy tashqi savdo hamkorlari: AQSh, Yaponiya va Germaniya.



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin