URUGVAY
Rasmiy nomlanishi Sharqiy Urugvay respublikasi
Mustaqillik sanasi 1825 - yil 25- avgust (Braziliya mustamlakasi bo’lgan) Rasmiy tili Ispan
Poytaxti Montevideo
Yirik shaharlari Montevideo Boshqaruv shakli Parlament respublikasi
Maydoni 176.2 ming km.kv. (dunyoda 88-uriida
Aholi soni 3,44 mln kishi (dunyoda 130-urinda)
Zichligi 1 km.kv. ga 19,5 kishi
Pul birligi Urugvay pesosi (UYU kod 858)
Geografik joylashuvi. Sharqiy Urugvay Respublikasi – Janubiy Amerikaning janubi-sharqiy qismida joylashgan, Atlantika okeani sohillaridagi davlat hisoblanadi. Shimolda – Braziliya, g’arbda – Argentina bilan chegaradosh bo’lib; sharq va janubda Atlantika okeani suvlari yuvib turadi. Urugvay janubi- g`arb tomon tushib borgan Braziliyaning janubiy tog’ hududlarini egallab turadi. Mamlakat hududining katta qismi tepaliklardan iborat bo’lib, uncha katta bo’lmagan tog’ tizmalari kesib o`tadi. Kuchilya-Grande va Kuchilya-Aedo tepaliklari o’rtasida Rio- Negro daryosi joylashgan. Urugvay iqlimi subtropik okean bo’lib, ichki hududlarida kontinentalga yaqindir. Iyul (qish) oyidagi o’rtacha
harorat: +10° C, +12° C ni, yanvar (yoz fasli) oyidagi o’rtacha harorat: +22° C
+24° C ni tashkil etadi. Yiliga bir necha marotaba, ayniqsa yoz oylarida uraganlar bostirib keladi.
Dostları ilə paylaş: |