Buxoro 2016 yil



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə26/37
tarix24.02.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#114658
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
zhanubij amerika

Ma’muriy taqsimlanishi. Hozirgi Urugvay aholisining 88 % asosan ispaniyaliklar va italiyaliklar avlodlari bo’lgan yevropaliklarni tashkil etadi. Faqatgina 8 % - metislar hisoblanadi. Urugvayda rasmiy din yuk. Aholining taxminan — 66 % katoliklardir. Rasmiy tili - ispan tili.

Siyosiy tizim. Urugvay — Prezident boshqaruvi shaklidagi demokratik respublika hisoblanadi. Urugvayning amaldagi Konstitustiyasi 1966 - yilda referendum o’tkazilishi orqali qabul qilingan. Prezident — Hukumat va ma’muriyatning faoliyatiga javob beruvchi Vazirlar Mahkamasini tayinlaydi. Mamlakatdagi Qonunchilik hokimiyati — ikki palatali Bosh assambleyaga tegishli. Sud hokimiyati – Yuqori sudga tegishli. Urugvay — BMT, Amerika davlatlari tashkiloti, Amerika taraqqiyot banki va Lotin Amerika Integratsiya assotatsiyasi a’zosi hisoblanadi. Urugvay hududidagi siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni oshirishda katta rol o’ynaydigan Rio-de-Janeyro guruhi a’zosi hisoblanadi.

Iqtisodiyoti. Urugvay — eksport yo’nalishidagi qoramolchilik sohasi keng rivojlangan industrial - agrar mamlakat hisoblanadi. Qishloq xo’jaligining yetakchi tarmoqlariga — qoramolchilik kiradi, baliqchilik rivojlangan. Asosiy xo’jalik mahsulotlari: bug’doy, guruch, shakarqamish, jo’xori, kungaboqar va yemlar hisoblanadi. Uzumchilik va sitrus mevalari, o’rmon mahsulotlarini qayta ishlash rivojlangan. Mamlakatda yirik oziq - ovqat (go’sht, vino va konserva korxonalari), to`quvchilik va charm - poyafzal, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, elektrotexnika va avtoyig`uv sanoati korxonalari mavjud. Eksport uchun: to`quvchilik, go’sht va go’sht mahsulotlari, jun, teri va boshqa qishloq xo’jalik maxsulotlari yetkazib beriladi. Import orqali: mashina va uskunalar, mineral xom- ashyo (asosan), oziq-ovqat mahsulotlari va ba’zi sanoat mollari olib kiriladi. Asosiy tashqi savdo hamkorlari: Braziliya, Argentina, AQSh, Germaniya va Italiya.


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin