Ma’muriy taqsimlanishi. Ma’muriy - hududiy taqsimlanishlar yo`q.
Ma’muriy markazi va asosiy dengiz bandargohi — Kayenna hisoblanadi.
Axolisi va dini. Aholi: kreollar — 70% dan oshiq, yevropaliklar (asosan fransuzlar) — 10 %, hindistonliklar — 8 %, braziliyaliklar — 8 %, qoratanli
(maron) lar va hindular — 4 % dan iboratdir.Rasmiy tili - Fransuz tili. Dini: katoliklar - 48 %, protestantlari - 15 %, yahudiylar va musulmonlar - 4,5 % ni tashkil etadi.
Siyosiy tizim. Fransuz Gvianasi – 1604 - yildan boshlab Fransiya mustamlakasi sanaladi. 1946 - yilda dengiz orti departamenti maqomiga ega bo’ldi. Orol Fransiya Respublikasi tomonidan tayinlangan prefekt tomonidan tayinlangan. Bosh va hududiy Kengashlar o’z - o’zini boshqarish mahalliy hokimiyatlari sanaladi.
Iqtisodiyoti. Gviana – agrar mamlakat hisoblanadi. Asosiy xo’jalik mahsulotlari: shakarqamish, guruch va banan hisoblanadi, shuningdek jo’xori, kakao, soya, batat va sitrus mevalar o’stiriladi. Baliqchilik va qimmatbaho daraxt turlarini qayta ishlash iqtisodiyotda muhim rol o’ynaydi. Gviana yerlari boksit va oltin kabi mineral resurslarga boydir, ammo ularni qazib olish keng miqyosda olib borilmaydi. Kuru hududida — Fransiyaning kosmik izlanishlar bo’yicha Milliy Markazi, kosmodrom joylashgandi. Eksport uchun: yog`och mahsulotlari, baliqlar, qisqichbaqalar, rom va boksit yetkazib beriladi. Import orqali: oziq-ovqat mahsulotlar, sanoat mollari yoqilg`i va uskunalar olib kiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Germaniya va Niderlandiya.
Dostları ilə paylaş: |