Rasmiy nomlanishi Kolumbiya respublikasi
Mustaqillik sanasi 1810 yil 20 iyul (Ispaniya mustamlakasi bo’lgan) Rasmiy tili Ispan
Poytaxti Saita-Fe-de-Bogota
Yirik shaxarlari Bogota, Medelii, Kali, Barrankilya
Boshqaruv shakli Parlament respublika
Maydoni 1,14 mln km.kv. (dunyoda 25-o`rinda)
Aholi soni 44,91 mln kishi (dunyoda 27-o`rinda)
Zichligi 1 km.kv. ga 39,3 kishi
Pul birligi Kolumbiya issosi (SOR kod 170)
Geografik joylashuvi. Kolumbiya respublikasi — Janubiy Amerikaning shimoli-g’arbiy qismidagi davlat hisoblanadi. Sharqda - Braziliya va Venesuela, janubda Ekvador va Peru, g’arbda esa - Panama bilan chegaradosh hisoblanadi. Shimolda — Karib dengizi, g’arbda esa — Tinch okeani suvlari yuvib turadi. Kolumbiya Janubiy Amerikadagi, Tinch va Atlantika okeanlarga olib chiqadigan yo’li bor yagona davlat hisoblanadi. Mamlakatning g‘arbiy qismida, shimoldan janub tomon, Magdalena va Kauka daryolari orqali uzilgan.
And tepaliklari cho’zilgandir. Serra – Nevada – de – Santa – Marta tog’ining balandiligi 5775 m bo’lib, Kristobal–Kolon uning cho’qqisi hisoblanadi. Kolumbiya relyefi mamlakatning turli hududlarida har xil. And tog`larida o’simlik balandlikka qarab belgilanadi. Mamlakat flora va fauna dunyosi judayam turli xil bo’ladi. Mamlakatning iqlimi ekvatorial va subekvatorial. Gargona, Gorgonilya, Malpelo, San – Andres, Tinch okeanining ko’pchilik mayda orollari va Nikaragua qirg’oqlaridan 750 km uzoqlikda joylashgan Karib dengizidagi Providensiya arxipelagi Kolumbiyaga tegishlidir.
Ma’muriy taqsimlanishi. Ma’muriy – hududiy jihatdan 32 ta departament va poytaxt okrugiga bo’linadi. Poytaxt Santa – Fe – de – Bogota.
Aholisi va dini. O’zlarini yagona millat deb hisoblaydigan kolumbiyaliklarning etnik tarkibi aslida turfa xildir: aholining taxminan 58 % -
34
metislar, 20 % ga yaqini — Yevropa qit’asidan chiqqanlar, 14 % — mulatlar, taxminan 4 % qoratanlilar va 1 % ga yaqini — hindulardan iborat. Davlat tili — ispan tili. Aholining 95% ga yaqini o’zlarini katoliklar konfessiyasiga mansub hisoblaydilar.
Siyosiy tizim. Kolumbiya Unitar respublikasi – Prezident boshqaruvi shaklidagi demokratik davlat hisoblanadi. 1991- yildagi Konstitutsiyaga muvofiq, mamlakatdagi qonunchilik hokimiyati — Milliy Kongress (Vakillar palatasi va Senat)ga tegishlidir. Sud hokimiyati — Yuqori sud, Davlat kengashi va quyi instanstiyalar sudlari tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatda ko’ppartiyaviylik tizimi joriy etilgan. Kolumbiya – BMT, Amerika davlatlari tashkiloti a’zosi hisoblanadi.
Iqtisodiyoti. Kolumbiya – agrar-industrial mamlakat hisoblanadi. Asosiy xo’jalik mahsulotlari: qahva, banan, paxta kakao, shakarqamish, tamaki, kartoshka, guruch va jo’xori qoramolchilik va baliqchilik rivojlangan. Mamlakatda: oltin. kumush, platina, zumrad, toshko’mir, neft, tabiiy gaz, mis, simob, qo’rg’oshin va marganets qazib olinadi. Mashinasozlik, qayta ishlash, poyafzal, kimyo va neft- kimyo, to`qimachilik va oziq - ovqat sanoati takomillashib bormoqda. Eksport uchun: qishloq xo’jalik mahsulotlari, kimyo mollari, gullar, qora metallurgiya mahsulotlari, neft mahsulotlari va zumrad toshlar yetkazib beriladi. Import orqali: dastgohlar, avtomobillar, temir, po`lat va bug’doy olib kiriladi. Asosiy tashqi sav- do hamkorlari: AQSH, Germaniya, Yaponiya.
Dostları ilə paylaş: |