Ma’muriy taqsimlanishi. Ma’muriy – hududiy jihatdan mamlakat: 18 departament va poytaxt okrugiga bo’linadi.
Aholisi va dini. Aholining 88 %, hindular va oqtanlilarning qo’shilishidan kelib chiqarkan — metis xalqlari xisoblanadi. Asl hindular — 2 % ni, oqtanlilar —
9 %, 1 % esa afrikaliklar, yaponlar yoki koreyaliklar tashkil etadi. Davlat tili – Ispan va guarani tili hisoblanali. Dini: katoliklar- 97 %, mennonitlar — 3 % va boshqa konfessiyalar.
Siyosiy tizim. Paragvay respublikasi – mustaqil davlati hisoblanadi. Ijroiya hokimiyati — Prezidentga tegishlidir. Qonunchilik hokimiyati — Kongress (Senat va Vakillar palatasi) ga tegishlidir. Paragvaydagi Sud tizimi o’z tarkibiga – Yuqori sud va birinchi instantsiya sudlari qarorlarini nazorat qiluvchi apellyatsion palatani oladi. Mamlakatda ko’ppartiyaviylik tizimi joriy etilgan. Paragvay – BMT, Amerika davlatlari tashkiloti, hamda 1991 - yildan boshlab Argentina, Braziliya va Urugvay davlatlari bilan bir qatorda “MERKOSUR" tashkilotining asoschia’zolaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiyoti. Paragvay, asosan, agrar mamlakat hisoblanadi. Qishloq xo’jaligining asosiy sohasi — qoramolchilik hisoblanadi. Asosiy xo’jalik mahsulotlari: paxta, tamaki, tunga yong’og’i, mate choyi, qahva va soya. Mamlakatda, asosan, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi mayda sanoat korxonalari mavjud. Asosiy sanoat tarmoqlari: oziq - ovqat, daraxtlarni qayta ishlash, to`quvchilik, charm-poyabzal, kebrach ekstrakt ishlab chiqarish va sement sanoati. Eksport uchun paxta, soya, tunga moyi, go’sht va go’sht mahsulotlari, kebracho ekstrakti, o’simlik moyi va o’rmon materiallar yetkazib beriladi. Import orqali: neft va neft mahsulotlari, turli ishlab chiqarish uskunalari, temir va po’lat, oziq–ovqat va transport vositalari olib kiriladi. Asosiy tashqi savdo hamkorlari Braziliya, Argentina, Germaniya.
Dostları ilə paylaş: |