SURINAM
Rasmiy nomlanishi Surinam respublikasi
Mustaqillik sanasi 1975- yil 25- noyabr (Nidsrlandiya tomonidan)
Rasmiy tili Niderland
Poytaxti Paramaribo
Yirik shaharlari Paramaribo
Boshqaruv shakli Parlament respublikasi
Maydoni 64.8 ming km.kv. (dunyoda 90-o`rinda)
Aholi soni 446.5ming kishi (dunyoda 170-o`rinda)
Zichligi 1 km.kv. ga 2,72 kishi
Pul birligi Surinam dollari (SRD kod 968)
Geografik joylashishi. Surinam Respublikasi – Janubiy Amerikaning shimoli - sharqdagi davlat hisoblanadi. Mamlakat g’arbda — Gayana, sharqda - Fransuz Gvianasi va janubda — Braziliya bilan chegaradosh bo’lib, shimol tomondan — Atlantik okeani suvlari yuvib turadi. Shimolda Atlantika sohillari bo’yida, mamlakat aholisining katta qismi istiqomat qilib, hosildor yerlarda dehqonchilik bilan shug’ullanishadi. Mamlakatning janubida aholi deyarli yashamaydi, shuning uchun u hududlar savanna va tropik yomg’irli o’rmonlar bilan qoplangan.
Mamlakatning eng yuqori nuqtasi — Yulian (1230 m) tog’i hisoblanadi. Mamlakatni shimoliy yo’nalishda oqib turuvchi 4 ta yirik daryolar kesib o`tadi: Koranteyni, Koppename, Gran-Rio Surinam va Maroveyne. Mamlakatning shimoli-sharqida yirik suv ombori joylashgan. Mamlakat hududining — 90 % ga yaqinini hamisha yashil o’rmonlar egallaydi. Mamlakatning janubida subekvatorial o’rmonlar qoplangan Gvian tog’lari joylashgan. Surinam iqlimi — subekvatorial, qaynoq va muntazam namli. O’rtacha yillik harorat: +26° C ni tashkil etib butun yil davomida kam o’zgaradi. Yilning taxminan 200 kuni yomg’irli bo’lib bahor fasli odatda — aprel oyidan iyul oyiga qadar davom etadi.
Dostları ilə paylaş: |