Ma’muriytaqsimlanishi. Ma’muriy jihatdan mamlakat Prezidentning ma’muriy vakillari boshqaruvidagi 10 ta okrugga bo’linadi. Paramaribo — mamlakatning poytaxti va asosiy dengiz bandargohi sanaladi.
Aholisivadini. Aholining etnik tarkibi: Surinam aholisining 37 % — hindular, 31 % Surinamda kreollar deb ataladigan qoratanli va mulatlar, 15,3 % — indoneziyaliklar; 10,3 % — arablar, 2,6 % — hindular, 1,7 % — xitoyliklar, 1 % yevropaliklar va 1,1 % qolgan etnos vakillari tashkil etadi. Rasmiy tili — Niderland tili hisoblanadi. Dini: protestantlar — 25,3 %, katoliklar — 22,8 %, induistlar - 27,6 % va musulmonlar — 19,6 % ni tashkil etadi. Qoratanlilar xristianlikning ozgina qonunlariga ega va ruhlarni chaqiruvchi hamda davolovchi
38
marosimlarni qo’llab kelishadi.
Siyosiy tizim.1975- yili Surinam mustaqilligini qo’lga kiritdi. 1975- yildagi Konstitutsiyaga muvofiq mamlakat parlament respublikasi deya e’lon qilingan va sobiq general-gubernator rasman mamlakat prezident bo’lib qolgan, ammo amaldagi ijroiya hokimiyat, vazirlar mahkamasi qo’liga o’tib ketgan. 1980-yildagi harbiy to’ntarish natijasida, konstitutsiya huquqlari ta’qiqlandi.1987-yilda qabul qilingan yangi Konstitutsiya umumxalq qonunchilik hokimiyati — Milliy assambleyani saylashni ko’zda tutgan, uni esa o’z navbatida Prezident (davlat boshlig’i) va Vazirlar Mahkamasini boshqarib kelayotgan visteprezident saylashadi. Prezident — Davlat Kengashini shakllantiradi. Surinamning sud tizimi o’z tarkibiga — Yuqori sud va 3 ta quyi sud instanstiyalarini oladi. Mamlakatda ko’ppartiyaviylik tizimi joriy etilgan. Surinam — Amerika davlatlari tashkiloti, Karib Hamjamiyati, Amazoniya pakti, Yevropa iqtisodiy Ittifoqi a’zosi bo’lib, 1979- yildan boshlab — qo’shilmaslik harakati ishtirokchisidir.
Iqtisodiyoti.Boksitni qazib olish va alyumin ishlab chiqarishga asoslangan tog’ - kon sanoati — mamlakat iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. Sanoat Amerika va Gollandiya kompaniyalari tomonidan nazorat qilib boriladi. Neft, gaz, marganets, temir va nikel rudalari, oltin qazib olinadi. Qoramolchilik, baliqchilik dengiz va o’rmon mahsulotlarini qayta ishlash rivojlangan. Xo’jalikda asosan: guruch, shakarqamish, jo’xori, qahva, kakao, choy, banan va sitrus mevalar o’stiriladi. Eksport uchun: boksit, alyumin, guruch va yog’och yetkazib beriladi. Import orqali: xom-ashyo, sanoat mollari, mashina va uskunalar, oziq - ovqat mahsulotlari olib kiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Niderlandiya va Yevropa mamlakatlari.