Ma’muriy taqsimlanishi. Ma’muriy - hududiy jihatdan mamlakat: Gala - pagoss orollarini qo’shganda 21 ta provintsiyalarga bo’linadi.
Aholisi va dini. Mamlakat aholisi asosan, kechua-hindulari (40 %) va metislardan iboratdir. Davlat tili – Ispan tili hisoblanadi. Dindorlarning ko’p - chiligi – katoliklar bo’lib (95 %) boshqa dunyo dinlari konfessiyalari ham mavjud.
Siyosiy tuzum. 1998 - yildagi Konstitutsiyaga muvofiq, Ekvador mustaqil davlat. Prezident respublikasiga aylantiriladi. Davlat va hukumat boshlig`i - Prezident. Prezidentdan tashqari hokimiyatni Vazirlik darajasidagi bir qator boshqarmalar va Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Bir palatali Milliy Kongress — mamlakatning qonunchilik hokimiyatini tashkil etadi. Sud hokimiyati, sudlarning quyidagi uch daraja tizimidan iboratdir: jinoyat va fukarolik ishlari bo`yicha birinchi instantsiya sudlari va provinsiyalarning yuqori sudlari va yuqori suddan iboratdir. Mamlakatda ko’ppartiyaviylik tizimi joriy etilgan.
Ekvador — BMT, Amerika davlatlari tashkiloti, Lotin Amerika integratsiya assotsiatsiyasi va And pakti, Rio guruhi, Lotin Amerika iqtisodiy tizimi, Lotin Amerika energetika assotsiatsiyasi a’zolari bo’lib, Neftni eksport qiluvchi — mamlakatlar tashkilotining assopiatsiyalangan a’zosi maqomiga ega.
Iqtisodiyoti. Ekvador — yirik neft sanoatiga ega industrial-agrar mamlakat hisoblanadi. Asosiy xo’jalik mahsulotlari: banan, qahva, kakao va paxta, jo’xori, shakar-qamish, bug’doy, soya, guruch, kartoshka va ba’zi sabzavotlar. Yirik shoxli qoramol va qo’y-qo’zi boqib ko’paytiriladi. Qirg’oqdarda — tunets, qisqichbaqa va langustlar tutiladi. Yog’och ishlab chiqarish sanoati takomillashmoqda.
Mamlakatda: neft, tabiiy gaz, mis va qo’rgoshin rudalari, oltin, kumush va sera qazib olinadi. Po’lat quyish, neft - kimyo va sement sanoati rivojlangan. Eksport uchun: neft va neft mahsulotlari, banan, kakao, baliq va dengiz mahsulotlari, yetkazib beriladi. Import orqali: dastgohlar, avtomobillar va kimyo mollari olib kiriladi. Asosiy tashqi savdo hamkorlari: AQSh, Yevropa mamlakatlari va Lotin Amerika, Yaponiya hisoblanadi.
(Qo’shimcha ma’lumotlar)
44
Janubiy Amerikaning maydoni 17 834 000 kv km
Orollarining maydoni 150 000 kv km 3.Qirg`oq chiziqlarining uzunligi 26000 km 4.Dengiz sathidan o’rtacha balandligi 580 m
Eng baland nuqtasi Akonkagua cho’qqisi 6980 m
Eng past nuqtasi Valdes ya.o. sathi - 40m
Shimoliy chekka nuqtasi Galinas b. 120 25´ sh.k. 710 35´ g`b.u.
Janubiy chekka nuqtasi Frouard b. 530 54´ j. k .710 18´ g`b.u.
Sharqiy chekka nuqtasi Kabu-Branku b. 70 09´ j.k. 340 46´g`b.u. 10.G`arbiy chekka nuqtasi Parinyas b. 40 45´ j.k. 810 20´ g`b.u.
Dostları ilə paylaş: |