I.Fanning mazmuni - Fanni o‘qitishdan maqsad bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbekiston tarixi fanining nazariy va tarixiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish.Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o‘tmishga oid har xil voqea-hodisalarning izchil rivojlanishi, ularning qachon, qaerda, qanday holatda yuz berganligi, insoniyatning paydo bo‘lishi va uning tadrijiy- evolyusion rivojlanish jarayoni va boshqalarni o‘rganadigan fanlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Fanning vazifasi - jamiyat va davlatchilik taraqqiyotidagi uygʼunlik farqlarini ajratish,o‘zbekiston tarixi fanidagi yangi nazariyalarni tahlil etish, tarixning harakatlantiruvchi omillarini talabalarga koʼrsatib berish, tarix fanining asosiy yoʼnalishlarini tahlil va tadqiq qilish malakasini hosil qilish, davlat va jamiyat taraqqiyotning rivojlanish omillarini tahlil qilishda tarix fanining oʼrnini tushuntirishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) III. Fan tarkibiga quyidagi mavzular mazmuni kiradi: 1-semestr 1-Mavzu Kirish. O‘zbekiston tarixi fani predmeti,uni o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari,manbalari. O‘zbekiston tarixining fan sifatida yoritish va o‘quvchi diqqatini uzoq o‘tmishga qaratish bilan birga talabalarning dunyoqarashlarini, ilmiy nazariy tafakkurlarini takomillashtirish, o‘tmish va hozirgi zamondagi voqea va xodisalarga ilmiy xolislik va tarixiy ob’ektivlik tamoyillariga amal qilgan holda tarixiy voqelikka munosabat bildiradigan hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida yondashadigan erkin fikrli komil insonni tarbiyalash, talabalarda xalqimizning madaniy, ma’naviy merosiga, ilg‘or an’analari, milliy qadriyatlari, axloqiy fazilatlariga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini, ajdodlarimizning jahon madaniyatiga qo‘shgan hissalaridan faxrlanish va ularning munosib davomchilari bo‘lishni tushuntirish.O‘zbekiston tarixini o‘rganishdagi yordamchi manbalar.