Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/48
tarix24.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#116137
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI 
 
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 
BIOLOGIYA KAFEDRASI 
GISTOLOGIYA fanidan 
аmaliy mashg’ulotlar
O’quv-uslubiy qo’llanmasi

Tuzuvchi: Shamsiyev N.A. 
 
BUXORO – 2017 
 
 
1-mashg'ulot. Mavzu: Gistologiya laboratoriyasida foydalаniladigan 
asbob-uskunalar bilan tanishish 
Reja: 
1. Gistologiya laboratoriyasini tashkil qilish. 
2. Gistologiya laboratoriya xonasida ishlatiladigan laboratoriya idishlari. 
3. Gistologik preparatlar tayyorlash uchun ishlatiladigan asboblar
Meditsina va pedagogika institutlarida hamda universitetlarda odatda 
gistologiya laboratoriyasi bo'ladi. Laboratoriyasi yo'q institut yoki fakul-tetlarda 


ham gistologiya burchaklarini tashkil etish qiyin emas. Bunday burchaklarda 
gistologiya preparatlarini tayyorlash mumkin. 
Gistologiya laboratoriyasini (burchaginj) tashkil qilish uchun quyidagi asboblar, 
apparatlar, idishlar va har xil kimyoviy moddalar (reaktivlar) bo'lishi kerak.
Laboratoriya stoli. Bu stolda ob’ektlar saqlanadigan bankalar, kerakli reaktivlar 
solinadigan shishalar, quyg'ich, tsilindr kabi asboblar qo'yiladigan polkalar bo'lishi 
lozim. Stol usti qalin oyna bilan qoplangan bo'lishi kerak. Laboratoriya stoli 
xonaning yorug' joyiga qo'yilishi zarur. 
1-rasm. Laboratoriya xonasi. 
Laboratoriya idishlari. Idishlar soni turli gistologik tajribalar o'tkazish uchun 
etarli miqdorda bo'lishi kerak. Bunda distillangan suv uchun 2-3 litrli idish xam 
bo'lishi lozim. Idishning ostida rezinka nay o'tkazilgan jo'mragi bo'lishi kerak. 
Rezinka nayda suvni oqizish va to'xtatish uchun qisqich bo'ladi. Gistologik 
ob’ektlarni konservlash uchun og'zi keng bankalar, tezda parlanadigan moddalarni 
(reaktiv eritmalar, spirt, efir, atsiton, ammiaklar) saqlash uchun og'zi zich 
yopiladigan shisha idishlar bo'lishi kerak. Ob’ektlarni yuvish, chayish uchun turli 
jomchalardan foydalaniladi. Gistologik kesmalarni ishlashda turli hajmdagi 
byukslar, biologik stakanlar, Petri va Kox idishlari, soat oynalari, shisha 
quyg'ichlar, tsilindrlar, menzurkalar, pipetkalar, tomg'ichlar ishlatiladi. Shu bilan 
birga predmet (buyum) va yopg'ich shishalar doimo zapas bo'lishi kerak (odatda 
buyum shishaning qalinligi 1-2 mm, uzunligi 76, eni 26 mm bo'ladi). 



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin