Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya


-rasm. Suvni distillaydigan apparat



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/48
tarix24.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#116137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya

 
2-rasm. Suvni distillaydigan apparat. 
Yopg'ich shisha kichik va yupqa (qalinligi 0,15-0,2 mm) bo'lishi lozim. Ularni 
sovun bilan tozalab yuvib, keyin yarim qismi efir va yarim qismi spirtdan iborat 
bo'lgan aralashmada saqlash zarur. 
 
3-rasm. Ob’ektlarni solib qo'yiladigan og'zi keng va zich yopiladigan shisha idishlar. 
Gistologik preparatlar tayyorlash uchun ishlatiladigan idishlarning kimyoviy 
jihatdan nihoyat toza bo'lishiga e'tibor berish kerak. Buning uchun idishlarni avval 
maxsus shchyotka bilan sovunlab yuvib, so'ng distillangan suvda chayqab, quritish 
lozim. Ayniqsa nerv elementlarini kumushlash usulida qo'llaniladigan shisha 
idishlarni gugurt kislotasida yuvib, so`ng 5-10 marta vodoprovod suvida va 2 - 3 
marta distillangan suvda chayqash kerak, shundan keyin ularni qurituvchi shkaf, 
termostatlarda saqlanadi. 
 
4 5 
4-rasm. Reaktiv va spirt solinadigan katta va kichik byukschalar. 


5-rasm. Ob’ektlarni va gistologik kesmalarni yuvish va chayqash uchun ishlatiladigan turli 
shisha jomchalar. 
Gistologik preparatiarni tayyorlashda quyidagi asboblar islatiladi: 
1. Pintsetlar. Pintsetlar 2 xil bo'ladi. Pintsetlarning bir xilini anatomik deyiladi va 
uning ikki uchi yassi bo’ladi, ikkinchi xilini xirurgik deyiladi va uning ikki uchi 
esa tishli bo'ladi. Bular katta va kichik bo'ladi. Pintset bilan ob’ektlar ushlanadi. 
 
 
6-rasm. Uchi to'g'ri va uchi egri pintsetlar 
2. Qaychilar. Bular ham turli xilda - uchi ingichka, uchi to'mtoq, katta-kichik 
bo'ladilar. Qaychilar ob’ektlarni qirqishda ishlatiladi. 
7-rasm. Qaychi turlari. 
3. Qisqichlar. Bularning turlari ko'p. Qisqichlar hayvon tanalaridan ob’ektarni 
olishda, kesishda, shuningdek kesilgan qon tomirlarni qisib, qonni to'xtatishda 
ishlatiladi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin