nisbatan kattaroq hajmda bólishi bilan kózga tashlanib turadi. Leykositlarning soni
qonda eritrositlarga nisbatan nisbatan ancha kam bólishi sababli ular har qaysi
kórish maydonida uchrayvermaydi. Shu sababli eritrositlarni kórish uchun
preparatni siljitib turish lozim. Yadrolarining shakliga va sitoplazmasida
donachalarning bólishi va bólmasligiga qarab leykositlar donachali va donachasiz
leykositlar tafovut qilinadi. Donachali leykositlar bóyalish хususiyatiga kóra
neytrofil, eozinofil va bazofil leykositlarga bólinadi. Preparatda neytrofil
leykositlar eng kóp, ya’ni leykositlar umumiy sonining 65- 75 % ni tashkil qiladi.
Ular
nisbatan yirikroq, shakli yumaloq, diametri 10- 12 mk. Sitoplazmasidagi
donachalar esa mayda bólib, pyshti va binafsha rangga bóyaladi. Donachalar
sitoplazmaning hamma joyida ham kórinavermaydi. Etilgan neytrofillarning
yadrolari uch-tórt segmentli bólib, segmentlari
bir-biri bilan juda nozik, ba’zan
deyarli kórinmaydigan kóprikchalar bilan tutashib turadi. Normal odam qonida
ba’zan etilmagan neytrofillar ham uchraydi. Ularning yadrolari tayoqcha yoki
loviyasimon shaklda bóladi.
Dostları ilə paylaş: