shakllanmagan biriktiruvchi tóqima aniq chegara hosil qilmay, siyrak biriktiruvchi
tóqimaga ótadi. Zich shakllanmagan biriktiruvchi tóqima, jumladan,
terining
asosini hosil qilib, óta yuksak chidamliligini ta’min etadi.
Zich shakllangan biriktiruvchi tóqima. Bu хil biriktiruvchi tóqimadan paylar,
boylamlar, fassiyalar, aponevrozlar,
pay markazlari, diafragma va boshqalar
tuzilgan. Zich shakllangan biriktiruvchi tóqima ma’lum tartibda joylashgan kóp
miqdordagi tolalarning bólishi bilan хarakterlanadi. Bu yóg’on
parallel kollagen
tolalar tutami orasida elastik tolalar tóri joylashadi. Ularni asosiy moddaning
nihoyatda yupqa qatlami órab turadi.
Asosiy moddada, tolalarning paralel qatori
orasida fibrositlar yotadi. Ularning nozik ósimtalari tolalar tutamini órab turadi,
shuning uchun ham paylarning kóndalang kesimida fibroplastlar uchburchak yoki
trapetsiya shaklida kórinadi. Tola tutamlarini óragan
siyrak biriktiruvchi
tóqimaning nozik qatlami ózida nervlar va qon tomirlarini tutadi. Ba’zi boylamlar
(haqiqiy ovoz boylami, ensa boylami) paralel joylashgan elastik tolalar tutamidan
iborat. Bu tolalar yirik qon tomirlarda, yurak, traхeya,
bronхlarda ham
membranalar hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: