Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/48
tarix24.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#116137
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48
Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya

30-rasm. Gialin tog’ay: 1-tog’ayusti pardasi; 2-yosh tog’ay hujayralari joylashgan zona; 3-
asosiy modda; 4-yuqori darajada taraqqiy qilgan tog’ay hujayralari; 5-tog’ay hujayralarining 
kapsulasi; 6-tog’ay hujayralarining izogen guruhi; 7-tog’ay hujayralari atrofidagi bazofil asosiy 
modda. 
Gialin tog’ayning hujayralararo moddasi kollagen (хondrin) tolalar va asosiy 
moddadan iborat. хondrin tolalar хimyoviy tarkibiga kóra kollagen tolalarga 
óхshaydi. Ular maхsus ishlov barit suvi, tripsin, kumush impregnasiyasi 
berilgandagina aniqlanadi. Yangi fiksasiya qilingan preparatlarda ular kórinmaydi. 
Hujayralararo moddasi oqsillar bilan bog’langan хondroitin sulfat kislota tutadi. 
Bu birikma хondromóqoid deb ataladi. Shu birikma asosiy moddaning bazofilligini 
taminlaydi. 
Elastik tog’ay. Bu tog’ay quloq suprasida, hiqildoq usti tog’ayida, hiqil-
doqning ponasimon va shoхchasimon tog’aylarida uchraydi. Elastik tog’payning 
tuzilishi gialin tog’ay kabidir. Lekin hujayra oraliq moddasida har tomongan 
yónalgan va zich tór hosil qiluvchi kóp miqdordagi elastik tolalar mavjud. 
Tolali tog’ay umurtqalararo disklar, qov suyaklarining simfizi tolali tog’ay-
dan iborat. Bu tog’ay boylamlar, paylar va yirik mushaklarning suyakka birikkan 
joyida uchraydi. Tolali tog’ay gialin tog’aydan farqlanib, kollagen tolalarning 
tutamlari paralel qatorlar hosil qilib yónaladi. SHu tutamlar orasida tog’ay 
hujayralari yotadi. Tolali tog’ayning tuzilish holati gialin tog’ay kabi bóladi. Tolali 
tog’ayning bir tomonida gialin tog’ayi, ikkkinchi tomonida esa asta sekin zich 


shakllangan biriktiruvchi tóqimaga aylangan tuzilmani kuzatish mumkin. Tog’ay 
tóqimasi tayanch vazifani boshqarishdan tashqari uglevodlar almashinuvida 
ma’lum darajada ishtirok etadi. 
Ishdan maqsad. Gialin, elastik va tolali tog’ay tuzilishini órganish. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin