Suyak devorining órta qavatini osteonlar hosil qilib,
ular kompakt suyakning
struktura birligi hisoblanadi. Osteonlar ham plastinkalardan iborat bólib, ular
konsentrikhalqalar sifatida qon tomirlarni órab joylashadi. Osteon markazida qon
tomir joylashadi. Osteon halqalarini hosil qilgan plastinkalarning ossein tolalari óz
yónalishiga ega bólgani uchun suyakning bóylama va kóndalang kesmalarida
plastinkalarni aniq ajratish mumkin. Osteonlar bir-biriga zich tegib yotmaydi, balki
ular orasida kontsentrik halqa hosil qilmaydigan suyak plastinkalari joylashadi. Bu
plastinkalar oraliq yoki interstisial plastinkalar deb nomlanadi. Naysimon
suyakning markazida endost bilan qoplangan suyak kómigi
kanali joylashib, u
bilan osteon tizimi oralig’ida ichki umumiy suyak plastinkalari joylashadi.
Dostları ilə paylaş: