Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/48
tarix24.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#116137
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48
Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya

Topshiriqlar: Kóndalang-targ’il mushak tóqimasi tuzilishini chizib olish. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Kóndalang targ’il muskul tóqimasini organizmning qaysi qismlarida
uchratamiz?
2. Sarkolemma nima? 
3. Miofibrillalarning vazifasi nimadan iborat? 
4. Kóndalang targ’il muskullarning silliq muskullardan tuzilishdagi farqi? 
5. Kóndalang targ’il muskullarda yadrolarning joylashish órni? 
6. Nima uchun preparatda kóndalang targ’il chiziqlar kórinadi? 
 
19-mashg'ulot Mavzu: Silliq muskul tóqimasi
Nazariy tushuncha. Silliq muskul tóqimasi hujayra tuzilishiga ega. Silliq 
muskul kópgina ichki organlar-me’da ichak yóli, tanosil organlari, tomir 
devorining shakllanishida qatnashadi. Bu muskullar tuzilishi va vazifasiga kóra 
kóndalang targ’il muskullardan farq qiladi. Silliq muskul sekin va uzoq vaqt 
qisqarish хususiyatiga ega. Silliq muskullar vegetativ asab tizimi tomonidan 
innervasiya qilinadi. Shuning uchun kishi iхtiyoriga bóysunmaydi. Uning 
hujayralari chóziq, duksimon va tarmoqlangan bóladi. Hujayralarning ólchamlari 
turlicha bóladi (20-220 mkm). Silliq muskul hujayralari sirtdan sarkolemma bilan 
qoplangan. Hujayra sitoplazmasida yadro, umumiy organellalar va miofibrillalar 
joylashadi. Yadro va organellalar hujayraning trofik apparatini tashkil qiladi. Silliq 
muskul hujayrasining yadrosi uning markazida joylashib, chóziq oval yoki 


tayoqchasimon shaklga ega. Yadroning shakli qisqarish vaqtida ózgaradi. Unda 
ikkita yoki undan kóproq yadrocha bóladi. Yadro yonida sust rivojlangan 
plastinkasimon kompleks joylashadi. Shu erda hujayra markazi ham yotadi. 
Mushak hujayrasida sitoplazmatik tór sust rivojlangan. Mitoхondriyalar kichik, 
shakli chóziq, oz miqdorda bólib, sitoplazmada tarqoq joylashadi. Ammo yadro 
yonida ularning soni kóproq bólishi mumkin. Maхsus organellalari-miofibrillalar. 
Miofibrillalar kóndalang targ’illikka ega emas va oddiy mikroskopda bir jinsli 
ipchalar shaklida kórinadi.
A B 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin