5-rasm. Ob’ektlarni va gistologik kesmalarni yuvish va chayqash uchun ishlatiladigan turli
shisha jomchalar.
Gistologik preparatiarni tayyorlashda quyidagi asboblar islatiladi:
1. Pintsetlar. Pintsetlar 2 xil bo'ladi. Pintsetlarning bir xilini anatomik deyiladi va
uning ikki uchi yassi bo’ladi, ikkinchi xilini xirurgik
deyiladi va uning ikki uchi
esa tishli bo'ladi. Bular katta va kichik bo'ladi. Pintset bilan ob’ektlar ushlanadi.
6-rasm. Uchi to'g'ri va uchi egri pintsetlar
2.
Qaychilar. Bular ham
turli xilda - uchi ingichka, uchi to'mtoq, katta-kichik
bo'ladilar. Qaychilar ob’ektlarni qirqishda ishlatiladi.
7-rasm. Qaychi turlari.
3. Qisqichlar. Bularning turlari ko'p. Qisqichlar hayvon tanalaridan ob’ektarni
olishda, kesishda, shuningdek
kesilgan qon tomirlarni qisib, qonni to'xtatishda
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: