epiteliy tagida yotadi, genetik va funktsiya jihatidan bog’liq bólgan tomirlarni
óraydi (tóqimaning trofik ta’sirini tomirlar komponentisiz qarab bólmaydi).
Tayanch-trofik tóqima funksiyalari:
1) trofik-modda
almashinuvidagi ishtiroki,
2) himoya-biriktiruvchi tóqima hujayralarining fagositoz qilish va immunitet hosil
qilish хususiyati,
3) meхanik (tayanch)-biriktiruvchi tóqima bog’lamlar, paylar, tog’ay, suyak va
tomirlar bo’ylab kóp organlarning asosini hosil qiladi.
Biriktiruvchi tóqimaning retikulyar tóqima turi qon yaratuvchi organlar
asosini
hosil qilib, qon yaratilishi jarayonida mug’im rol óynaydi. Biriktiruvchi
tóqima jarohatlarning bitishida ishtirok etadi.
Qon shaklli elementlardan va oraliq modda-plazmadan iborat. qon odam
organizmida tana massasining 7 % ga yaqinini tashkil etadi. Órtacha og’irlikdagi
odamda 4,5- 5,5 l qon bóladi. Sog’lom organizmda shaklli elementlarning ma’lum
miqdori va plazmaning kimyoviy tarkibi muayyan doimiylikda saqlanib turadi.
Eritrotsitlarning soni turli fiziologik va patologik holatlarga qarab ózgarib
turadi. Eritrotsitlar ikki tomoni
botiq disksimon shaklga ega, lekin qon surtma-
larida ular oynada tekislanib ketadi, shuning uchun tóg’ri
dumaloq shaklda
kórinadi. Ular óz shaklini ózgartirishi mumkin. Evolyusiya jarayonida
sutemizuvchilarda eritrotsitlar yadrosi va organellalari yóqolgan.
Eritrotsitlar sitoplazmasida gemoglobin pigmenti joylashgan.
Leykositlar yoki oq qon hujayralari yadro va organellalarga ega.
Leykositlar sonining ortishi leykositoz, kamayishi esa leykopeniya deyiladi.
Leykositlar
fagasitlar hisoblanib, organizmni tóqima va qonga tushgan mikrob va
yot tanachalardan himoya qiladi. Ba’zi bir leykositlar (limfositlar) immun
tanachalar hosil bólishida ishtirok etadi.
Granulositlar
eozinofil, bazofil va neytrofillarga bólinadi. Eozinofillar
toksinlarni zararsizlantirib, organizmni himoya qilish qobiliyatiga ega. Neytrofillar
ham himoya vazifasini bajaradi. Bazofillar qon tomirini tark etib,
siyrak
biriktiruvchi tóqimada semiz hujayralar (labrositlar) ga transformatsiya qilinadi.