Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya


Skal pel (xirurgik pichoqchalar



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/48
tarix24.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#116137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya

 
4. Skal pel (xirurgik pichoqchalar). Skal pellar ham turli katta-kichiklikda
yuzlari enlik va ensiz bo'ladi. Bular ob’ektlarni kesish va ichi bo'sh (kavak) 
organlarni yorishda ishlatiladi. 
8-rasm. Turli ko’rinishdagi skal pellar 


5. Ignalar. Ignalar metalldan va shishadan yasalgan bo'lib, bular ham turli 
kattakichiklikda: bir xili to'g'ri, ikkinchisi esa uchi egilgan bo'ladi. Ignalar 
ob’ektlarni qismlarga ajratishda, gistologik kesmalarni bir erdan ikkinchi erga 
ko'chirishda ishlatiladi. 
6. Shpatellar (kurakchalar). Bular ham metalldan ishlangan. Shpatellardan 
ob’ektlarni bir idishdan ikkinchisiga ko'chirish, kesmalarni tekislash va ularni bir 
suyuqliqdan ikkinchisiga o'tkazish uchun foydalaniladi.
9-rasm. Turli shakldagi kurakchalar 
Gistologik preparatlarni tayyorlashda filtr qog'ozi, marli, gigroskopik paxta, spirt 
lampasi, farfor havoncha (kristall kimyoviy moddalarni yanchish uchun), elektr 
plitkalar, kimyoviy tarozilar, qum soatlar, shishaga yozadigan har xil rangli 
qalamlar bo'lishi lozim. Bulardan tashqari, ob’ektlarni turlicha yo'l bilan ishlashda 
kerak bo'ladigan kimyoviy moddalar, reaktivlar hamma vaqt zapas bo'lishi zarur. 
Shuningdek, turli moddalarni eritish, preparat va idishlarni quritish va zarur 
bo'lgan temperaturada saqlanadigan ob’ektlami qo'yish uchun ishlatiladigan 
termostatlar ham zarur bo'ladi. Termostat turli katta-kichiklikda bo'lib, metalldan 
yasalgan qutichadan iboratdir; uni elektr quvvati bilan kerakli turg'un 
temperaturada saqlash mumkin. Nihoyat, gjstologik laboratoriyaning eng muhim 
qurollaridan biri mikroskopdir. 


10-rasm. Voronka va menzurkalar. 



 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin