“O`ZBEK TILIDA SO`Z TURKUMLARI TASNIFI MASALALARI”
MAVZUIDAGI
5 220 100 - Filologiya (o`zbek filologiyasi) yo`nalishida bakalavr ilmiy darajasini olish uchun yozgan BITIRUV ISHI (2013-2014- o`quv yili)
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent ABUZALOVA M.Q.
MAVZU: O`ZBEK TILIDA SO`Z TURKUMLARI TASNIFI MASALALARI R E J A: Ishning umumiy tavsifi. Kirish. 1- bob. So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari. 1 §. So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari xususida ilk qarashlar 2 §. Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha 3§. So'z turkumlari va ularni tasniflash tamoyillari Bob bo`yicha xulosa 2- bob. O`zbek tilida so`z turkumlarining lizoniy tabiati. 1§. Mustaqil so`z turkumlariga xos bo’lgan grammatik belgilar. 2§. Yordamchi so`zlarning grammatik tabiati Bob bo`yicha xulosa Umumiy xulosalar Foydalanilgan adabiyotlar. Ishning umumiy tavsifi.
Mavzuning tadqiq darajasi. Dunyodagi fanlarning eng qadimiylaridan biri - tilshunoslik necha o`n asrlardiki, til deyiladigan tilsimning tabiatini, tub mohiyatini tushunish va tushuntirish yo`lida tinimsiz izlanadi. Ayni izlanishlarning hosilasi o`laroq bu fanda xilma-xil yo`nalishlar, ilmiy qarashlar nuqtayi nazarlarning yuzaga kelganligidan bugun bexabar bo`lgan tilshunos yo`q [18. –Б. 27-30 ]. Shu bois keyingi yillarda lisoniy qurilshning umumiy qonuniyatlarini o`zbek tili materiallari asosida yangicha tadqiq etish va tahlil qilishga qaratilgan izlanishlar silsilasi yuzaga keldi. Bu izlanishlarning salmog`i kundan-kunga oshib bormoqda.