Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


Ot morfologik o‘zgaruvchi so‘z sifatida



Yüklə 266,5 Kb.
səhifə14/25
tarix27.11.2022
ölçüsü266,5 Kb.
#120011
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
O`ZBEK TILIDA SO`Z TURKUMLARI TASNIFI MASALALARI

Ot morfologik o‘zgaruvchi so‘z sifatida o‘ziga xos morfologik paradigmalarga ega. Son va subyektiv baho shakllari otning asosiy tasniflovchi grammatik shakllari hisoblanadi.
Ot turkumida sintaktik kategoriyalar keng qo‘llanishga ega. Xususan, КК va EК voqelanishi uchun bu turkumda cheklanmagan imkoniyat mavjud. Ammo unda kesimlik kategoriyasining voqelanishi nisbatan chegaralangan.


Sifat va uning UGMsi. Asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildiruvchi darajalanuvchi so‘z sifat deyiladi: qora qalam, oq ko’ylak, yaxshi gapirmoq.
Boshqa so‘z turkumi ham belgi ifodalaydi. Ammo sifat barqaror va turg‘un belgi ifodalashi jihatidan ulardan ajralib turadi. Masalan, Gul – qizil deganda turg‘un (statik) belgi, Gul qizardi deganda esa o‘zgaruvchi (dinamik) belgi namoyon bo‘lgan. Sifat anglatadigan belgi boshqa turkum anglatadigan belgidan xususiyati bilan farqlanadi. Masalan, qizg‘ish – qizil – qip-qizil. Boshqa turkum anglatuvchi belgida esa bunday xususiyat yo‘q. Shu asosda sifatning UGMsini «asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildirib, gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, ba’zan kesim, ayrim hollarda hol vazifasida kelish» ko‘rinishida tiklash mumkin.
Belgi tushunchasi o‘z ichiga rang-tus, hajm-shakl, xarakter, vazn, maza kabini qamrab oladi. Belgining xususiyatiga ko‘ra sifat ikkiga bo‘linadi: asliy sifatlar va nisbiy sifat.
Sifat LMGlari. Darslik va qo‘llanmalarda sifatning 9 ta LMGsi ajratiladi:
1.Xususiyat bildiruvchi sifat. 2.Holat bildiruvchi sifat. 3.Shakl bildiruvchi sifat. 4.Rang-tus bildiruvchi sifat. 5.Maza-ta’m bildiruvchi sifat. 6.Hid bildiruvchi sifat. 7.O‘lchov bildiruvchi sifat. 8.O‘rin bildiruvchi sifat. 9.Payt bildiruvchi sifat.
Daraja kategoriyasi (qisq. DК) «sifatda belgi darajasi» UGMsiga ega. Daraja turli (geterogen) shakl yordamida hosil qilinadi: (ozoda) (ozodaroq)(juda ozoda ).
Sifat turkumida sintaktik kategoriya keng bo‘lmagan voqelanishga ega.

Yüklə 266,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin